Jahon | 23:06 / 17.11.2023
12403
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya hududlarida patent narxi oshadi 

Rossiyaning turli mintaqalari 2024 yilda mehnat migrantlari uchun patent narxi oshishi haqida xabar berdi. 

Foto: RIA Novosti

Sankt-Peterburgda o‘zgartirish allaqachon qabul qilingan. 2024 yilda shaharda chet ellik ishchi uchun patent narxi 200 rublga oshadi - oyiga joriy 4400 rubl o‘rniga 4600 rublgacha. 

Shunga o‘xshash o‘zgarishlar 2024 yil 1 yanvardan boshlab Leningrad viloyatida ham kiritilmoqda. 

Boshqirdistonda patent narxi 2024 yilda 14,9 foizga oshadi - hozirgi 4700 rubldan 5400 rublgacha. 

2024 yilda Perm o‘lkasida mehnat migrantlari uchun patent narxi 5200 rublni tashkil etadi, bu 2023 yildagi joriy narxdan 10,6 foizga ko‘pdir. 

Avvalroq, Rossiyada mehnat migrantlari uchun patent narxini to‘rt barobar oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Davlat Dumasiga kiritilgan edi. 

Tahlillarga ko‘ra, 2022 yil oxirida Rossiyaga ishlash uchun borgan xorijlik fuqarolar soni 3,47 mln nafarga yetgan. Jami mehnat migrantlarining 90 foizdan ortig‘i O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan ekani aytilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid