Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
19 noyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin
«O‘zgidromet» 19 noyabr, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+9 daraja, kunduzi +16...+18 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:56 / 23.01.2026
Hafta oxirida havo biroz ilishi kutilmoqda
10:49 / 23.01.2026
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
09:18 / 23.01.2026
Toshkentda qor tozalash ishlariga 230 ta maxsus texnika va 1 mingdan ortiq xodim jalb etildi
10:20 / 22.01.2026