Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya chegaradagi vaziyat bo‘yicha RF bilan muzokaralar natijasi tugaganini e’lon qildi
Finlandiya–Rossiya davlat chegarasida chet ellik migrantlar bilan bog‘liq vaziyat tobora chigallashmoqda. Finlandiya Rossiya bilan chegarani butunlay yopib qo‘yishi mumkinligi aytilmoqda.
Foto: yle.fi
RF Tashqi ishlar vazirligiga bugun Finlandiya elchisi Antti Helanterya chaqirilgan. Unga Helsinkining Rossiya bilan chegaradagi «eng faol ishlatilayotgan» nazorat o‘tkazish punktlarini yopish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan e’tiroz bildirilgan. RF TIV xabarida ta’kidlanishicha, bu qarorga «Rossiya tomoni bilan biror bir maslahatlashuvsiz» kelingan va u «o‘n minglab rossiyaliklarning huquq va manfaatlarini poymol qiladi».
Finlandiya Rossiya bilan chegaradagi to‘qqizta nazorat o‘tkazish punktidan to‘rttasi (Vaalimaa, Nuyyamaa, Niirala va Imatra)ni uch oyga yopgan va Rossiyani chegaraga noqonuniy migrantlar oqimini jo‘natayotganlikda ayblagan. Dam olish kunlarida yana bir o‘tkazish punkti — Vartius ham faoliyat ko‘rsatmagan. RF TIV Finlandiyaning qarorini «bus butun provokatsiya» deb atagan.
Finlandiya bosh vaziri Petteri Orpo chegaradagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgani, biroq natijasiz tugaganini aytgan. Muammoni diplomatik kanallar orqali yechishning uddasidan chiqishning imkoni bo‘lmagach, Helsinki navbatdagi cheklovlarni joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Choralar «sinchiklab tayyorlanadi» va vaziyatga «mos» bo‘ladi. Zaruriyat tug‘ilsa, sharqdagi butun chegara yopiladi, deya qo‘shimcha qilgan Orpo.
Finlandiyaning Iltalehti nashri ma’lumotiga ko‘ra, agar shunday qaror qabul qilinadigan bo‘lsa, Rossiya bilan chegaradagi qolgan nazorat o‘tkazish punktlari 22 noyabrga o‘tar kechasi to‘liq berkitiladi.
Mavzuga oid
08:35 / 03.06.2026
«Naftogaz» Rossiyadan tovon undirishni davom ettirmoqda
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
14:54 / 28.01.2026