O‘zbekiston | 12:57 / 21.11.2023
8816
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga kelgan eronliklarning asosiy safar maqsadlari ma’lum qilindi

10 oyda 2 828 nafar eronliklar dam olish uchun O‘zbekistonga kelgan.

2023 yil 1 noyabr holatiga O‘zbekistonga 5 299 nafar Eron fuqarolari tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 10 oyida O‘zbekistonga kelgan eronliklarning asosiy safar maqsadlari orasida dam olish birinchi o‘rinni egallab turibdi – 2 828 nafar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan safar maqsadlari kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

xizmat yuzasidan – 1 967 nafar;
boshqa maqsadlarda – 343 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 161 nafar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid