Statistika agentligi Özbekistonning 2023 yil yanvar-oktyabr oylaridagi taşqi savdo aylanmasiga doir ma’lumotni e’lon qildi.
Qayd etilişiça, hisobot davrida respublika taşqi savdo aylanmasi (TSA) 51 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi 20,47 mlrd dollarni, import hajmi esa 30,5 mlrd dollarni taşkil etgan. Ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 29,1 foizga, import hajmi 22,7 foizga oşgan. Taşqi savdo salbiy saldosi esa 10 mlrd dollarga yetgan. Ötgan yilning mos davrida taşqi savdo defitsiti 9 mlrd dollar bölgan edi.

Xitoy Özbekistonning eng yirik savdo şerigi sifatidagi mavqeini mustahkamlab bormoqda. Hisobot davrida özaro tovar ayirboşlaş hajmi 10,8 mlrd dollarga yetgan. Bu respublika umumiy taşqi savdo aylanmasi hajmining 21,2 foizini taşkil qiladi.

2023 yilning yanvar – oktyabr oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasida eng yuqori uluşga ega bölgan top-10 davlat:
- Xitoy – 10,8 mlrd dollar;
- Rossiya – 7,9 mlrd dollar;
- Qozoğiston – 3,6 mlrd dollar;
- Turkiya – 2,6 mlrd dollar;
- Koreya – 1,87 mlrd dollar;
- Turkmaniston – 939 mln dollar;
- Germaniya – 876 mln dollar;
- Qirğiziston – 814 mln dollar;
- Fransiya – 773 mln dollar;
- Afğoniston – 693 mln dollar.
Taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 20 ta yirik hamkor davlatdan faqatgina uçta mamlakat – Afğoniston, Qirğiziston va Tojikiston bilan ijobiy taşqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 17 ta davlat bilan passiv taşqi savdo balansi saqlanib qolgan.
2023 yilning 10 oyida Xitoyga amalga oşirilgan eksport hajmi 12,5 foizga, Turkiyaga mahsulot sotiş esa 21 foizga qisqargan. Öz navbatida Rossiyaga eksport hajmi 5 foizga, Qozoğistonga 2 foizga oşgan.
Şuningdek, Xitoydan import hajmi 65 foizga, Rossiyadan 6 foizga, Turkiyadan 7 foizga köpaygan. Qozoğiston (6 foiz) va Koreyadan (5 foiz) import hajmi esa kamaygan.
Umumiy taşqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining uluşi kamayib bormoqda. Xususan, bu körsatkiç 2022 yilda 39,8 foizni bölgan bölsa, joriy yilda 32,9 foizgaça qisqargan.

Oltin eksporti
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 6,87 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 33,6 foizini taşkil etadi.
Öz navbatida oltin eksporti 2022 yilning mos davri bilan taqqoslanganda, 2,3 barobarga köpaygan.
Ma’lumot uçun, 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotilgan.
Yoqilği mahsulotlarining eksporti va importi
Hisobot davrida Özbekiston 561 mln dollarlik gaz import qildi, bu 2022 yilning mos davri bilan taqqoslaganda, 2,1 barobarga köp. Öz navbatida mazkur davrda gaz eksporti 47,9 foizga yoki 458 mln dollargaça qisqargan.
Şuningdek, 10 oy davomida 161 million dollarlik kömir import qilingan, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 73,2 foizga köp.
Yanvar-oktyabr oylarida 102,4 mln dollarlik elektr toki sotib olingan (kamayiş – 2,3 foiz) va 50,3 mln dollar qiymatidagi elektr energiyasi (kamayiş – 43,7 foiz) eksport qilingan.
Neft va neft mahsulotlarining eksporti 2,1 barobarga oşib, 259 mln dollarni, importi esa 25,6 foizga köpayib, 1,24 mlrd dollarni taşkil qilgan.












