23 noyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin
«O‘zgidromet» 23 noyabr, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+7 daraja, kunduzi +11...+13 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5 daraja, ba’zi joylarda -1...-3 darajagacha bo‘lishi mumkin, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, cho‘l hududlarda -0...-2 darajagacha, kunduzi +11...+16 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:55 / 15.11.2024
16 noyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
11:46 / 14.11.2024
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024