«Motorli arraga ega iqtisodçi» degan noyob laqabli yangi prezident – Xaviyer Miley Argentinada budjet xarajatlarini jiddiy ravişda qisqartirmoqçi. Şuningdek, u mamlakatning BRICS’ga kirişiga qarşi.

Argentinada öng qanot «Ozodlik kelyapti» alyansi bir qismi bölgan Libertarianlar partiyasiga rahbarlik qiluvçi Xaviyer Miley prezidentlik saylovlarida ğalaba qozondi.

Dastlabki natijalarga köra, u 56 foizga yaqin ovoz töplagan. 20 noyabr, duşanbaga ötar keçasi Mileyni saylovlardagi ğalabasi bilan uning raqibi, «Vatan uçun ittifoq» hukmron koalitsiyasidan nomzod bölgan Argentina iqtisodiyot vaziri Serxio Massa tabrikladi.

«Men Xaviyer Miley bilan boğlanib, uni tabrikladim va omad tiladim, çunki u argentinaliklarning köpçiligi keyingi tört yilga tanlagan prezident», - dedi Serxio Massa ovoz berişning rasmiy natijalari e’lon qilinişidan oldin.

Bundan taşqari, Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva X ijtimoiy tarmoği orqali Argentina yangi hukumatiga Miley ismini tilga olmay, «omad va muvaffaqiyat» tiladi.

Çili prezidenti Gabriel Boriç Font ham X ijtimoiy tarmoğida Mileyga tabriklarni yetkazdi.

Faqat Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Argentinadagi prezidentlik saylovlarida öng qanot nomzodi ğalabasidan hafsalasi pir bölganini bildirib, buni «Lotin Amerikasi uçun qayğuli voqea» deb atadi.

AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida Miley bilan «juda faxrlanişi»ni aytdi. 2024 yilda AQŞ prezidentligi uçun yana kuraşmoqçi bölgan respublikaçi: «Siz öz mamlakatingizni rivojlantirasiz va Argentinani yana buyuk qilasiz», deb yozgan.

Xaviyer Miley öz saylovçilarga nimalarni va’da qilgandi? Argentina yangi prezidenti davlatning fuqarolar hayotiga aralaşuvini minimal körinişga keltirmoqçi.

U Markaziy bankni tugatmoqçi va milliy valuta peso örniga AQŞ dollaridan foydalanişni taklif qilyapti. Saylovoldi kampaniyasi davomida Miley Rossiya, Xitoy va Braziliyaning «kommunistik» hukumatlari bilan aloqalarni uziş rejasini ham e’lon qildi.

Iqtisodiy muammolarni hal qiliş uçun motorli arrani öziga timsol sifatida tanlagan Miley davlat xizmatçilari sonini kamaytirib, şu yöl bilan budjet xarajatlarini jiddiy qisqartirmoqçi.