Jahon | 13:00 / 22.11.2023
3308
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada Ukrainaga 1 mlrd dollarlik harbiy yordam taqdim etadi

Kanada hukumatining iqtisodiy hisobotida Kiyevga 2026 yilgacha bo‘lgan muddatga harbiy yordam ajratilishi nazarda tutilgan. 

Foto: Reuters

Kanada 2023 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan davrda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun 1,3 milliard Kanada dollaridan (konvertatsiya qilinganda: 869 million yevro) ko‘proq mablag‘ ajratmoqchi. Bu haqda 21 noyabr, seshanba kuni hukumat saytida e’lon qilingan iqtisodiy hisobotda aytilgan.

Qayd etilishicha, yuqoridagi summaning 816 million Kanada dollari (546 million yevro) 2023 yildan 2024 yilgacha, 318 million dollar (213 million yevro) 2024 yildan 2025 yilgacha va 197 million dollar (132 million yevro) 2025 yildan 2026 yilgacha ajratiladi. Hujjatda 2026 yildan boshlab Ukrainaga harbiy yordam xarajatlari nolga teng deb belgilangan. 

Volodimir Zelenskiyning Kanadaga tashrifi 

Shu yilning sentabr oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Kanadaga tashrifini yoritib, Kanadaning CTV telekanali 2022 yil yanvaridan beri Ottava Kiyevga 9,8 milliard dollardan (6,6 milliard yevro) ortiq harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatganini ma’lum qildi. «Federal hukumat, shuningdek, Rossiyaga qarshi ko‘plab sanksiyalar kiritdi, Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Yevropaga Kanada kuchlarini yubordi va 175 mingdan ortiq ukrainalikni mamlakatimizda qabul qildi», — deyiladi ma’lumotda.

Shu bilan birga, sentabr oyida Kanada yaqin bir necha yil davomida Ukrainaga 650 million dollar (435 million yevro) miqdorida qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatishi ma’lum qilingan edi. Boshqa narsalar qatorida, bu miqdor Leopard 2 nemis tanklari partiyasini o‘z ichiga oladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid