Jahon | 08:39 / 23.11.2023
5668
3 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada kurd qochqinlari oilasidan bo‘lgan siyosatchi mamlakat tarixidagi birinchi ayol bosh vazir bo‘lishi mumkin 

Niderlandiyada navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Siyosiy koalitsiya tuzilsa, kurd qochqinlar oilasidan bo‘lgan Dilan Yyeshilgyoz-Zegerius mamlakat tarixidagi birinchi ayol bosh vazir bo‘lishi mumkin.

Dilan Yyeshilgyoz-Zegerius Foto: Wikimedia

Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ng populistlar ishonch bilan g‘alaba qozonmoqda. O‘ta o‘ng siyosatchi Gert Vildersning «Ozodlik partiyasi» (PVV) eng ko‘p ovoz to‘pladi, deb xabar berdi ANP 23 noyabr, payshanba kuni ertalab saylov byulletenlarini qayta ishlash natijalariga tayanib. 

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ng populistlar parlamentdagi 150 o‘rindan 36 tasini, leyboristlar bloki va Frans Timmermansning «yashil» so‘llari esa 25 o‘rinni oladi. Uchinchi o‘rinda Niderlandiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mark Ryuttening o‘ng markazchi «Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi» (VVD) bo‘lib, u parlamentda 24 o‘ringa ega. Axborot agentliklarining ta’kidlashicha, mamlakat yangi hukumatini shakllantirish uzoq davom etadigan jarayon bo‘ladi. 

Vilders o‘ng markazchilar bilan koalitsiyaga erishmoqchi 

Ovoz berish boshlanishidan oldin «Ozodlik partiyasi» rahbari Vilders o‘ng markazchi VVD bilan koalitsiya muzokaralariga tayyor ekanini aytdi. O‘z navbatida, VVD yangi rahbari, kurd qochqinlar oilasidan bo‘lgan Dilan Yyeshilgyoz-Zegerius mamlakat tarixidagi birinchi ayol bosh vazir bo‘lishi mumkin. 13 milliondan ortiq saylovchi ovoz berish huquqiga ega edi. 

Niderlandiyada joriy saylovlar kontekstidagi asosiy mavzular - iqlim o‘zgarishi, immigratsiya va yashash narxi. «Ozodlik partiyasi» ham, «Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi» ham bir vaqtning o‘zida migratsiya siyosatini kuchaytirish haqida gapiryapti. 

2023 yil iyul oyida Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte vazirlar mahkamasi iste’foga chiqishini e’lon qildi, bu esa muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi. Iste’foga Ryuttening mamlakat migratsiya siyosatini qat’iylashtirish taklifi sabab bo‘ldi, uni Niderlandiya hukumati koalitsiyasida ishtirok etayotgan to‘rtta partiyadan ikkitasi qo‘llab-quvvatlamadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid