Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston sessiyani eng yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha kuchini safarbar etadi» - Prezident YuNeSKO qarori haqida
Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO Bosh assambleyasi sessiyasi Samarqandda o‘tkazilishiga munosabat bildirdi.
“Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan barcha xorijiy do‘stlarimiz va sheriklarimizga YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025 yilda qadim Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risidagi tarixiy qarorni qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman”, deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan munosabat matnida.
Qayd etilishicha, mintaqada birinchi marta o‘tadigan ushbu muhim global miqyosdagi tadbir xalqaro hamjamiyatga O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan tsivilizatsion salohiyatini yana bir bor namoyish etishga xizmat qiladi.
“O‘z navbatida, O‘zbekiston bo‘lajak sessiyani eng yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish uchun barcha kuchini safarbar etadi”, deydi prezident.
Ma’lumot uchun, Parijda bo‘lib o‘tayotgan YuNeSKO Bosh assambleyasida navbatdagi 43-sessiyani 2025 yilda Samarqandda o‘tkazish rasman ma’qullandi.
Bosh assambleyaning sessiyasi oxirgi marta Parijdan tashqarida 1985 yilda (Sofiya shahri, Bolgariya) bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
13:55
Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi
10:05
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026