Uçraşuv avvalida davlatimiz rahbari şayxulislom tomonidan tuhfa etilgan, Özbekiston va Ozarboyjon rahbarlarining umumiy sa’y-harakatlariga bağişlangan “Qardoşlik va ittifoqçilikning oliy nuqtasi” kitobi uçun minnatdorlik bildirdi.

Muloqot davomida millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaş, yoşlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalaş, diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev ikki tomonlama madaniy-ma’rifiy aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan qator takliflarni ilgari surdi. Xususan, islomning insonparvarlik va bağrikenglik ğoyalarini yoş avlodga zamonaviy, tuşunarli va qiziqarli şaklda yetkaziş maqsadida raqamli platformalar hamda interaktiv ta’lim vositalaridan samarali foydalanişda ilmiy salohiyatni birlaştiriş muhimligi ta’kidlandi.

Uçraşuv yakunida davlatimiz rahbari musulmon dunyosi ilm-fani, ma’naviyati va diniy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlaşga qöşayotgan katta hissasi uçun şayxulislom Ollohşukur Poşşozodani Özbekistonning “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi.