16 maygaça Özbekistonning katta qismida havo harorati 42–43 daraja issiqni taşkil etişi kutilmoqda. Şu munosabat bilan Soğliqni saqlaş vazirligi jaziramada organizmni qanday himoyalaş lozimligi haqida ayrim tavsiyalarni taqdim etdi.

Jazirama nafaqat noqulaylik tuğdiradi, balki inson salomatligi uçun jiddiy xavf keltirib çiqaruvçi omil hamdir. Bunday ob-havo şaroitida organizmning termoregulyatsiya tizimiga katta yuk tuşadi, bu esa mavjud surunkali kasalliklarning zörayişiga yoki issiqlik bilan boğliq kasalliklar, jumladan, issiqdan organizmning umumiy holsizlanişi va hayot uçun xavfli bölgan oftob urişi kabi holatlarning yuzaga kelişiga olib kelişi mumkin.

Ta’kidlanişiça, yuqori harorat, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir körsatadi, yurak urişini tezlaştiradi va qon bosimini oşirişi mumkin. Organizmning tana haroratini me’yorda saqlaşga urinişi kuçli terlaşga olib keladi, bu esa suvsizlaniş xavfini oşiradi.

Xöş, qanday ehtiyot çoralarini köriş lozim? 

Uşbu savolga Soğliqni saqlaş vazirligining Ekologik diplomatiya bölimi boşliği Abduqayum Töxtaqulov batafsil javob berdi.

Jazirama kunlari kunning eng issiq vaqti – soat 12:00 dan 16:00 gaça iloji boriça yopiq binolar yoki salqin joylarda böliş tavsiya etiladi. Bu vaqtda quyoş nurlari eng kuçli bölib, tananing qizib ketişi va quyoş urişi xavfi yuqoridir. Agar köçaga çiqiş zarurati tuğilsa, soya joylarda yuriş, soyabondan foydalaniş va faollikni kunning salqinroq paytlari – ertalab yoki keçqurunga rejalaştiriş maqsadga muvofiqdir.

Şuningdek, uy şaroitida salqinlikni ta’minlaş ham muhim. Masalan, kunduzi quyoş tuşadigan tomondagi derazalarni yopiq holda saqlaş, keçasi havo salqinlaşganda derazalarni oçib, xonalarni şamollatiş, kunning eng issiq vaqtlarida peç, kir yuviş maşinasi, quritkiç kabi özidan issiqlik çiqaruvçi maişiy texnikalardan foydalanişni çeklaş kerak.

Jaziramada töğri kiyim tanlaş muhim. Yengil, keng biçimli, havoni yaxşi ötkazadigan tabiiy matolardan (paxta, ipak) tikilgan liboslarni kiyiş tavsiya etiladi. Sintetik matolardan tikilgan kiyimlardan saqlaniş lozim! Imkon qadar oç rangli ust-boşlarni tanlaş maqsadga muvofiq, çunki ular quyoş nurini yaxşiroq qaytaradi.

Köçaga çiqqanda keng soyabonli boş kiyim kiyiş va quyoşdan himoyalovçi közoynak taqiş kerak. Boşni quyoş nuridan asraş juda muhim, çunki boş miyaning qizib ketişi tezda issiq urişiga olib kelişi mumkin.