Vengriya rossiyaliklarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan qiziqishi bo‘yicha yetakchiga aylandi
2023 yil boshidan beri rossiyaliklar xorijiy ko‘chmas mulkni sotib olish uchun Turkiya va BAAni emas, balki Vengriya va Kiprni tanlamoqda.
2023 yil boshidan beri rossiyaliklar xorijiy ko‘chmas mulkni sotib olishda Vengriya va Kiprni tanlamoqda, o‘tgan yilning shu davrida esa Turkiya va BAA yetakchilik qilgandi. Bu haqda RBK agentligi 22 oktyabr, chorshanba kuni NF Group konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib yozdi.
2023 yilda rossiyaliklar uchun ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha eng ommabop beshta davlat ichiga Turkiya, Indoneziya va Gretsiya ham kirdi. Portugaliya va BAA kuchli beshlikdan chiqib ketdi. Rossiyaliklarning 61 foizi uchun boshqa mamlakatlarda ko‘chmas mulk sotib olishning asosiy maqsadi yashash uchun ruxsatnoma yoki fuqarolikni olish bo‘ldi.
Xorijda investitsiya va yashash uchun mulk sotib olish barcha so‘rovlarning mos ravishda 20 va 17 foizini tashkil etdi.
Yevropadagi ko‘chmas mulk relokatsiya uchun
NF Group 2022 yilda Ukrainadagi harbiy harakatlar uchun kiritilgan sanksiyalar tufayli rossiyalik investorlarni muqobil pasportlar olish, biznesni boshqa joyga ko‘chirish va hisobvaraq ochish imkoniyatlari masalasi qiziqtirganini ta’kidladi. Bu imkoniyat Turkiya va BAA tomonidan taqdim etilgan.
2023 yilda badavlat mijozlarning aksariyati Yevropada maqom olish imkoniyatidan manfaatdor bo‘ldi - potensial relokatsiya, xalqaro biznesni yuritish va Shengen mamlakatlarida to‘siqsiz harakatlanish uchun, deb ta’kidladi konsalting kompaniyasi.
Vengriya eng mashhur yo‘nalishga aylandi, jumladan, har bir oila uchun 215 ming yevrolik nisbatan past sarmoya chegarasi va Yevropadagi eng uzoq yashash uchun ruxsatnomalardan biri (5 yil) berilishi tufayli, deb tushuntirdi NF Group.
Mavzuga oid
16:16 / 08.11.2024
Taxtiqoracha dovonida tosh bosib qolganlarning ikki nafari vengriyalik bo‘lgan
07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti
23:00 / 23.10.2024
O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
13:30 / 23.10.2024