O‘zbekiston | 09:16 / 24.11.2023
6251
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek tovarlarining Britaniyaga eksporti hajmi oshiriladi

Londonda O‘zbekiston-Britaniya savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi Eksport va savdo departamenti bosh direktori Nayl Makkenzi bilan uchrashdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xususan, 28-30 noyabr kunlari London shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston–Britaniya kengashining navbatdagi yig‘ilishini yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazishga kelishib olindi.

Nayl Makkenzi O‘zbekiston–Britaniya savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada kengaytirish, ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini oshirishda o‘zaro teng manfaatli hamkorlikni olib borish, o‘zbek tovarlarining Britaniyaga eksportini ilgari surishda hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid