Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi a’lochisi tanlovi o‘kaziladi
G‘olib 100 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Foto: Getty Images
Hukumat qarori bilan «Yong‘in xavfsizligi a’lochisi» tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom qabul qilindi.
Unga ko‘ra, tanlov 2024 yildan har yili oktyabr–dekabr oylarida yong‘in chiqish xavfi bo‘yicha I va II guruhga mansub obektlarga ega tadbirkorlar o‘rtasida navbat bilan yillar ketma-ketligida o‘tkaziladi (yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, kengaytirilayotgan, texnik jihatdan qayta jihozlanayotgan va kapital ta’mirlanayotgan obektlar bundan mustasno).
Nomzodlarning arizalari tanlov e’lon qilingan kundan e’tiboran 20 kun mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus elektron axborot tizimi orqali tuman (shahar) komissiyalari tomonidan qabul qilinadi (tanlovda ishtirok etish bepul).
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar o‘z arizasi bilan birga quyidagilarni taqdim etadi:
- tadbirkorlik sub’yektlari to‘g‘risidagi umumiy ma’lumot (obektning manzili, faoliyat turi, tashkiliy-huquqiy shakli va boshqalar);
- belgilangan tadbirlarning bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, fotoalbom, 5 daqiqadan oshmagan, sifati yuqori bo‘lgan videolavhali taqdimot materiali.
Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqichda tanlovda ishtirok etish uchun munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida tuman (shahar) darajasida saralash tadbirlari o‘tkaziladi.
2-bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tuman (shahar) darajasida eng ko‘p ball to‘plagan nomzodlar bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqadi va baholaydi.
3-bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.
Tanlovning yakuniy bosqichi har yili dekabr oyining ikkinchi 10 kunligida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Tanlovda g‘olib deb topilgan nomzod 100 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi hamda uning faoliyati tanlov natijalari rasmiy e’lon qilingan kundan keyingi 2 yil davomida davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.
Tavsiya etamiz
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 16:11 / 20.08.2025
80 ta tumandagi bog‘cha va maktablarning bo‘sh yerlarida bog‘chalar quriladi
Iqtisodiyot | 15:25 / 20.08.2025
O‘zbekistonda insultni davolash uchun maxsus shifoxona ochiladi
O‘zbekiston | 20:43 / 19.08.2025
ADWorld ishi: pullar qaytariladimi?
Jamiyat | 16:50 / 19.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron rasmiysi: Rossiya 12 kunlik urush paytida Isroilga razvedka ma’lumotlarini bergan
Jahon | 00:39
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun to‘rtta yo‘lo‘tkazgich quriladi
O‘zbekiston | 23:16 / 25.08.2025
-
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
O‘zbekiston | 22:39 / 25.08.2025
-
Tramp Rossiya va Ukraina mojarosini «shaxsiy» deb atadi va to‘xtatishga va’da berdi
Jahon | 22:35 / 25.08.2025
Mavzuga oid

14:22 / 19.08.2025
“Islom sivilizatsiyasi markazida nodir eksponatlar saqlanmagan” - FVV

12:39 / 19.08.2025
Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in yuz berdi

09:15 / 19.08.2025
Minorai Kalon oldidagi oshxonada yong‘in chiqdi

11:45 / 18.08.2025