O‘zbekiston | 09:01 / 28.11.2023
2582
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya bo‘lajak muloqotlar jadvalini muhokama qildi

O‘zbekiston TIV rahbari va Rossiya elchisi ikki va ko‘p tomonlama formatdagi bo‘lajak muloqotlar jadvalini ko‘rib chiqdi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.

«Rossiya elchisi Oleg Malginov janoblari bilan uchrashdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlari kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, yaqin istiqbol uchun rejalashtirilgan ikki va ko‘p tomonlama muloqotlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid