Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Eron bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
Saudiya Isroil-HAMAS mojarosida Eron va uning hamkorlari aralashuvini cheklashni istamoqda.
Saudiya Arabistoni Eronga hamkorlikni kengaytirish taklifi bilan murojaat qildi. Bu haqda Bloomberg yozdi.
Qayd qilinishicha, Saudiya Arabistoni Eronning «sanksiyaga uchragan» iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni taklif qilgan. Evaziga Eron o‘zining mintaqaviy hamkorlarini Isroil va HAMAS mojarosini kuchaytirishdan to‘xtatishi lozim. Masaladan xabardor arab va g‘arb rasmiylariga ko‘ra, taklif bevosita va bilvosita yo‘llar bilan qilingan.
Hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyati haqida takliflar Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning noyabr oyida Ar-Riyozda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ham bildirilgan. Raisiy HAMAS hujumidan keyin Muhammad bin Salmon bilan suhbatlashgan rahbarlardan biri bo‘lgan.
Shu bilan birga, AQSh Davlat kotibi yordamchisi Barbara Lif so‘zlariga ko‘ra, Vashington Saudiya Arabistoni va boshqa arab ittifoqchilari bilan ish olib bormoqda. Maqsad – Tehron va uning ittifoqchilarini Isroil-HAMAS mojarosida «quroldan foydalanishiga» yo‘l qo‘ymaslik.
Eronning Saudiya taklifiga qanday munosabat bildirgani hozircha noma’lum.
Mavzuga oid
23:04 / 28.03.2026
Trampning tahdidi va Eronning zarbasi. Urushdagi so‘nggi voqealar
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
10:08 / 28.03.2026
Ukraina Saudiya bilan mudofaa bitimi tuzdi
09:01 / 28.03.2026