Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi IPO joylashtirish jarayonini boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq kapital bozorini yanada rivojlantirish, qimmatli qog‘ozlar emissiyasini ko‘paytirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning fond bozoridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida 40 ta davlat korxonasiga, jumladan, “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasiga aksiyalarni fond birjasi orqali ommaviy joylashtirishni amalga oshirish topshirilgan.
Prezident qarorini amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonning eng yirik sug‘urta kompaniyasi - “O‘zbekinvest” mamlakatimiz sug‘urta bozorida birinchi bo‘lib “Toshkent” respublika fond birjasida kompaniya ustav kapitalining 5 foizi miqdorida aksiyalarning birlamchi ommaviy joylashtirishni (IPO) yo‘lga qo‘ydi.
2023 yilning 28 noyabr kuni “Hilton Tashkent city” mehmonxonasida potensial investorlar uchun “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining IPO taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari V.Pak, “O‘zbekinvest” kompaniyasi Bosh direktori R.Azimov tomonidan O‘zbekistonda moliya bozori aniq bir maqsadga qaratilganligi, jadal rivojlanayotganligi va buning uchun ham xorijiy investorlar, ham mahalliy investorlarga barcha shart-sharoitlar yaratilib berilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Roadshow ishtirokchilariga kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari, dinamikasi hamda o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish strategiyasi haqida ham ma’lumot berildi.
“Kapital depozit” anderrayting kompaniyasi direktori F.Xodjayev aksiyalarni chiqarish tartibi, joylashtirish shartlari haqida ma’lumot berib, “O‘zbekinvest” kompaniyasining ishonchliligi va moliyaviy barqarorligini tasdiqladi. U investorlardan kelib tushgan arizalar asosida shakllantiriladigan bir dona imtiyozli aksiyaning miqdori va narx diapazoni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
IPO uchun narx diapazoni har bir imtiyozli aksiya uchun 1000 – 1500 so‘m etib belgilangan. “O‘zbekinvest” 14 million donadan ortiq imtiyozli aksiyalarni chiqardi. Aksiyalardan kafolatlangan yillik dividend daromadi “Markaziy bankning asosiy stavkasi + 10%” darajasida belgilandi, bu hozirda yillik 24 foizni tashkil etmoqda.
Qanday qilib O‘zbekinvest kompaniyasi aksiyadori bo‘lish mumkin:
Jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy investorlar O‘zbekistondagi eng yirik sug‘urta kompaniyasi - “O‘zbekinvest” aksiyalarini sotib olishlari mumkin. Buning uchun “Kap Depo” investitsiya kompaniyasiga murojaat qilib, “Toshkent” Respublika fond birjasida savdo qilish uchun brokerlik hisob raqamini ochish kerak bo‘ladi. Hisobvaraq ochishda investor nafaqat IPO’da qatnashish, balki keyinchalik qimmatli qog‘ozlar bozorida sotish uchun mavjud bo‘lgan har qanday aksiyalarni sotib olish imkoniyatiga ega.
Jismoniy shaxslarga onlayn tarzda brokerlik hisobvaraqlarini ochish va IPO’da ishtirok etish uchun arizalarni onlayn tarzda topshirish mumkin. Buning uchun ipo.kapdepo.uz veb-saytiga havola orqali o‘tib “Kap Depo”da brokerlik hisob raqamini ochish lozim. Hisobvaraq ochilgandan so‘ng investor aksiyalarni joylashtirishda ishtirok etish uchun ariza berishi mumkin bo‘ladi.
“Kap Depo” investitsiya kompaniyasi anderrayteri bilan bog‘lanish uchun aloqa: (55) 511-02-02 (Muzaffar Roziqov)
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:00 / 19.06.2026
«O‘zbekinvest» TXIF-2026 doirasida investitsiyalarni sug‘urtaviy qo‘llab-quvvatlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda va kengaytirmoqda
10:00 / 09.06.2026
«O‘zbekinvest» Shveytsariya sug‘urta bozorining yetakchi kompaniyalari bilan global hamkorlikni rivojlantirmoqda
10:00 / 21.05.2026
“O‘zbekinvest” EISK AJ hududiy filiallari rahbarlari Xitoyda malaka oshirdi
10:00 / 23.04.2026