A guruhi

Ziyoş — ten Hagning dahşatli tuşi

«Galatasaroy» — «Mançester Yunayted» 3:3
Gollar: Ziyoş (29, 62), Oqturköğli (71) — Garnaço (11), Fernandeş (18), Maktominey (55). 
«Galatasaroy» – Muslera, Boe, Oyxon, Bardakçi, Anxelinio (Nelsson, 83), Ziyoş (Yilmaz, 82), Torreyra, Ndombele (Oliveyra, 60), Zaa (Demirbay, 88), Mertens (Oqturköğli, 60), Ikardi.
«Mançester Yunayted» – Onana, Uan-Bissaka (Dalot, 78), Maguayr, Lindelyof, Şou, Fernandeş, Amrabat (Maynu, 58), Maktominey, Antoni, Garnaço (Pellistri, 78), Hoylund (Marsiyal, 58).
Ogohlantirişlar: Fernandeş (27), Boe (42), Amrabat (45), Oyxon (53), Şou (59), Uan-Bissaka (64).

Birinçi davrada «Old Trafford»da keçgan uçraşuvda mezbonlar ikki bor hisobda oldinda borişgan, ammo yakunda yutqazişning uddasidan çiqişgandi (2:3). Şunday ekan, Istanbuldagi «hayot-mamot» öyinida «qizil iblislar»dan hisobni imkon qadar tezroq qulay körinişga keltiriş talab etilardi va 18-daqiqaga kelib çindan ham şunday vaziyat yuzaga kelgandi. Avvaliga Garnaço Hoylund va Brunu Fernandeşning kombinatsiyasi yakunida yaqin burçakni aniq nişonga oldi. Keyin «MYu»ning portugaliyalik sardori uzoq masofadan çiroyli zarba yöllab, hisobda farqni oşirdi. Ammo hatto ikki töp ustunligi ham yetarli bölib çiqmadi.

Hisob 1:0 holatida Onana qahramonlik körsatgandi, ammo keyin mezbonlar uşbu darvozabonning nozik tomonidan foydalana boşladi. Tanaffus arafasida Ziyoş sobiq jamoadoşi hamda sobiq ustozini noqulay holatga tuşirib qöydi, u zarba şu tomondan kelişini taxmin qilib «jonli devor»ning ort tomoniga harakatlana boşlagan darvozabonni böş qoldirilgan hududga yöllangan oddiy zarba bilan jazoladi. Ikkinçi bölimda — Maktominay Van-Bissakaning ajoyib uzatmasini golga aylantirib, oradagi farqni yana ikki golga yetkazganidan köp ötmay — Onana Ziyoşning aylantirib yöllagan pasini özi darvozaga kiritib yubordi.

U keyingi vaziyatda Ziyoşning navbatdagi zarbasini qaytardi, ammo Oqturköğli baribir uçinçi golni urdi. U Ziyoşning a’lo darajadagi uzatmasidan keyin jarima maydoniga kirib, kuçli va aniq zarba yölladi. Bu uçraşuvdagi dramatizm Mançesterda keçgan birinçi öyindagidan köproq böldi, agar tomonlar öz vaziyatlaridan aniqroq foydalana olganida tablodagi raqamlar 5:5 körinişini olişi ham mumkin edi.

Va bu ikki jamoa himoyaçilarining juda yomon öyini tufayli emas, balki hujumlar yaxşi taşkil etilgani evaziga böldi. Mehmonlar 90-daqiqada ğalabani ilib ketişi mumkin edi, Lukas Torreyra töpni uzoqlaştirişda xatoga yöl qöyib, uni vatandoşi Pelistriga sovğa qildi, ammo yoş futbolçining yana bir tajribali urugvaylik Muslera bilan duelda oyoqlari qaltiradi.