Angliya: «Mançester Siti» foydasiga durang

«Çelsi» – «Arsenal» 1:1
Gollar: Çaloba, 48 (1:0). Merino, 59 (1:1)
«Çelsi»: Sançes, Çaloba, Fofana, Kukurelya, Gyusto, Jyeyms, Kaysedo, Fernandes, Pedru Netu, Estevan (Garnaço, 46), Joao Pedro (Delap, 55)
«Arsenal»: Rayya, Moskera, Inkapiye, Kalafiori (Lyuis-Skelli, 46), Timber, Subimendi (Edegor, 57), Rays, Eze (Yokereş, 72), Martinelli (Madueke, 57), Saka, Merino
Ogohlantirişlar: Kukurelya, 11 – Subimendi, 5. Moskera, 13. Kalafiori, 27. Inkapiye, 41. Lyuis-Skelli, 54. Yokereş, 88
Çetlatiş: Kaysedo, 38

«Çelsi» va «Arsenal» örtasidagi öyin turning markaziy bahsi edi. Bu jamoalar tur arafasida birinçi va ikkinçi örinni bölişib turişgandi.

Klublar London derbisiga ajoyib kayfiyatda yetib kelgandi – ikki jamoa ham hafta örtasida Çempionlar ligasida Yevropa grandlarini mağlub etgandi. «Çelsi» «Barselona»ga qarşi öyinda yirik ğalabaga erişdi (3:0), «Arsenal» ham «Bavariya»ni işonçli hisobda mağlub etdi (3:1).

Lekin öyin arafasida Arteta kutilmagan muammoga duç keldi. U jamoa himoya markazidagi asosiy juftlikning ikki vakilidan ham foydalana olmasdi – Gabriel oldinroq safdan çiqqandi, Saliba esa öyindan oldingi maşğulotlar çoğida lat yegani ma’lum böldi. Natijada himoya markazida hali biror marta birga öynamagan yangi futbolçilar – 21 yoşli Moskera va 23 yoşli Inkapiye tuşirildi. Şuningdek, hafta örtasida «Bavariya»ga qarşi öyinda jarohatlangan Trossar ham jamoaga yordam bera olmasdi.

Ikki jamoa ham ilk daqiqalardan maydonda jangga kirişdi. Beşinçi daqiqadayoq Entoni Teylor çöntagidan dastlabki sariq kartoçkani çiqardi – Martin Subimendi Risa Jyeymsni töxtatib qolgani uçun ogohlantirildi. 11-daqiqada esa köklar himoyaçisi Kukurelya Sakaga qarşi navbatdagi qöpolligi uçun sariq oldi, şundan keyin ham ikki jamoa futbolçilari bir-biriga ayovsiz fol işlatdi va birinçi bölim çiroyli kombinatsiyalar bilan emas, yakkakuraşlar va töqnaşuvlar bilan yodda qoldi.

Bunday ortiqça qöpollik yaxşilik bilan tugamasligi sezilib turgandi va 38-daqiqada mezbonlar son jihatdan ozçilik bölib qolişdi – Moyses Kaysedo Mikel Merinoning töpiq qismiga butsasining ostki qismi bilan zarba bergani uçun maydondan çetlatildi.

«Arsenal»da esa tört himoyaçidan uç nafari sariq oldi.

Tanaffusdan keyin esa jamoalar nihoyat futbol öynaşdi va gollar ham böldi. Dastlab 48-daqiqada burçak zarbasidan keyin Trevor Çaloba barçadan baland sakrab, hisobni oçdi.

«Arsenal» tezda javob qaytardi. 58-daqiqada Saka öng qanotda navbatdagi marta Kukurelyani doğda qoldirib, töpni darvozabon hududiga yetkazdi, u yerda Merino boş bilan zarba berib, muvozanatni tikladi.

Şundan keyin ikki murabbiy hujum çiziğiga yangi kuçlarni taşladi: «Arsenal»da Edegor, Madueke va Yokereş maydonga tuşdi, «Çelsi»da – Garnaço va Delap. Mezbonlar ozçilik bölib öynaganiga qaramay, xavfli qarşi hujumlar uyuştirdi.

Öyin oxirlarida mehmonlar ğalabani ilib ketişi mumkin edi, Merinoning kuçli zarbasidan keyin Sançes töpni qölidan çiqarib yubordi, ammo Yokereş töpga yetib borolmadi.

Yakunda «Çelsi» hisobni uşlab qoldi, lekin APLda «Arsenal»ga qarşi öyinlardagi ğalabasiz seriyasini davom ettirdi: 3 durang va 4 mağlubiyat.

«Arsenal» esa çempionlik poygasida ança oldinga çiqib ketiş imkoniyatidan foydalana olmadi. 13-tur yakunlariga köra «kanonirlar» 30 oçko bilan birinçi örinda, bu turda ğalaba qozongan «Siti» oradagi farqni beş oçkogaça qisqartirdi. «Çelsi» esa 24 oçko bilan uçinçi örinda.

«Kristal Pelas» – «Mançester Yunayted» 1:2
Gollar: Mateta, 36 – penalti (1:0). Zirkze, 54 (1:1). Maunt, 63 (1:2)
«Kristal Pelas»: Henderson, Lakrua, Gehi, Riçards, Kamada (Lerma, 85), Uorton (Hyuz, 78), Mitçell (Devenni, 85), Munyos, Sarr (Nketia, 38), Pino (Uçe, 78), Mateta
«Mançester Yunayted»: Lammens, de Liht, Şou (Martines, 82), Yoro (Mazraviy, 54), Brunu Fernandeş, Kazemiro, Dalot, Diallo (Dorgu, 90+1), Maunt, Mbeumo (Maynu, 90+1), Zirkze
Ogohlantirişlar: Nketia, 53. Gehi, 75. Lerma, 90 – Mbeumo, 17. Şou, 72

Ötgan oyda «MYu» uç öyindan iborat ğalabali seriyasi ortidan uç öyindan iborat ğalabasiz seriya qayd etgandi. «Nottinghem» va «Tottenhem»ga qarşi safardagi duranglarni jamoa öyin oxirida urilgan javob gollari tufayli öz hisobiga yozişi mumkin, ammo ötgan turda «Old Trafford»da bir kişi köp bölib öynab «Everton»dan mağlub böliş jamoa muxlislari uçun oğriqli zarba böldi. Va şunday fonda mankunianliklar «Kristal Pelas» maydoniga safar qilişdi.

«Burgutlar» istalgan raqibga muammo tuğdira oladi va «MYu» ham istisno bölmadi. Birinçi bölim oxirlarida De Liht töpni yöqotgaç Yoro jarima maydoni içida Matetani qöpollik bilan töxtatdi va jabrlanuvçining özi penaltini aniq ijro etdi. Lekin mehmonlar ikkinçi bölimda töqqiz daqiqa içida buriliş yasadi. Avvaliga APLda deyarli bir yildan buyon (364 kun!) gol urmayotgan Zirkze Bruno Fernandeşning uzatmasidan keyin yaqin burçakni aniq nişonga oldi. Biroz ötib jarima zarbasi ijro etilganida yana Fernandeş Mauntning goliga assistentlik qildi.

Portugaliyalik yarimhimoyaçi endi APLdagi golli uzatmalar soni (56) böyiça Pol Skoulzdan özib ketdi. «MYu» futbolçilari orasida undan yuqorida faqat Rayan Giggz (162), Ueyn Runi (93) va Devid Bekhem (80) joylaşgan. Mançesterliklar şu kuni ğalabadan taşqari Lisandro Martinesning maydonga qaytişini ham nişonlaşdi – u tizzasidagi jarohat tufayli 2 fevraldan buyon öynamayotgandi.

«Vest Hem» – «Liverpul» 0:2
Gollar: Isak, 60 (0:1). Gakpo, 90+2 (0:2)
«Vest Hem»: Areola, Mavropanos, Todibo, Magassa (Luis Gilerme, 68), Fernandeş, Pots (Souçek, 88), Diuf, Van-Bissaka, Lukas Paketa, Bouen, Uilson (Fyullkrug, 78)
«Liverpul»: Alisson, van Deyk, Konate, Kerkez (Roberson, 85), Gomes, Makallister, Gravenberh, Soboslai, Virs (Jons, 75), Gakpo, Isak (Ekitike, 68)
Ogohlantirişlar: Magassa, 66. Lukas Paketa, 83
Çetlatiş: Lukas Paketa, 84 (ikkinçi sariq)

«Liverpul» qatorasiga uç yirik mağlubiyatdan keyin Londondagi öyinda Salohni zaxira örindiğida qoldirdi va hujum markazida Isak tuşdi. Qizillar bungaça uşbu şvetsiyalik hujumçi boşlanğiç tarkibda harakatlangan tört öyinning barçasida yutqazgandi va u bunday noxuş statistikaga barham beriş uçun barça işni qildi. Aleksandr birinçi bölimdayoq hisobni oçişi mumkin edi, ammo uning bir neça metr masofadan yöllagan akrobatik usuldagi zarbasini Areolya qaytarib qoldi. Ammo Isak baribir ikkinçi bölimda öz maqsadiga erişdi va Gakponing uzatmasidan keyin mezbonlar darvozasining yaqin burçagini aniq nişonga oldi. Şu tariqa, u APL öyinlarida özi uçun rekord darajadagi yetti öyindan iborat golsiz seriyani yakunladi va örnini Ekitikega böşatib berdi.

Lukas Paketa esa arbitr bilan uzoq bahslaşib, bir neça daqiqa içida ikki sariq kartoçka oldi va «Vest Hem»ni qiyin ahvolda qoldirib ketdi. Gakpo esa ozçilik bölib qolgan raqibni uzil-kesil taslim etdi. Arne Slot bu ğalaba orqali öz iste’fosi haqidagi xabarlarga kerakli reaksiya körsatdi, «Liverpul» esa turnir jadvalining ikkinçi qismidan sakkizinçi öringaça kötarildi.

«Aston Villa» – «Vulverhempton» 1:0
Gol: Kamara, 67 (1:0)
«Aston Villa»: Martines, Konsa, Pau Torres, Din, Keş, Tilemans (Barkli, 75, Sanço, 88), Kamara (Bogard, 88), Rodjyers, Buendiya (Uotkins, 54), Makginn, Malen (Onana, 75)
«Vulverhempton»: Jonston, Agbadu, Moskera (Bueno, 77), Gomeş, Volfe (Mane, 77), Çaçua, Andre, Bellegard (Çireva, 69), Gomes, Larsen, Arias (Arokodare, 88)
Ogohlantirişlar: Andre, 45. Volfe, 58. Moskera, 76. Arias, 80

«Liverpul» bu mavsumda 6 bor yutqazganiga qaramay, juda yomon vaziyatga tuşib qolgani yöq va kuçli törtlikni yakunlab turgan «Aston Villa»dan atigi uç oçkolik masofada. Birminghemliklar bu mavsumni juda yomon ötkazayotgan va ligani tark etiş uçun birinçi raqamli nomzod bölib turgan «Vulverhempton»ni mağlub etib, uç oçkolik farqni saqlab qoldi. Bu ğalabani Kamaraning goli ta’minladi, Unai Emeri esa hozirgi jamoasi boşqaruvida APLdagi 61-ğalabasini nişonladi. Endi ispaniyalik mutaxassis klubning bu borada eng yaxşi natijaga ega sobiq murabbiylari Jon Gregori va Martin ÖNilga tenglaşib oldi.

Ispaniya: «Real»da duranglar seriyasi

«Jirona» – «Real» 1:1
Gollar: Unai, 45 (1:0). Mbappe, 67 – penalti (1:1)
«Jirona»: Gassaniga, Rinkon (Franses, 72), Vitor Reys, Moreno, Martines, Vitsel, Martin, Unai (Kuruma, 83), Xil (Asprilya, 72), Tsigankov (Roka, 72), Vanat (Ruis, 83)
«Real»: Kurtua, Eder Militau, Ryudiger, F. Garsiya (Karreras, 90), Aleksandr-Arnold (G. Garsiya, 90), Tşuameni (Rodrigu, 72), Bellinghem, Valverde, Vinisius Junior, Arda Guler (Kamavinga, 46), Mbappe
Ogohlantirişlar: Gassaniga, 42. Unai, 59. Vanat, 74

Madridliklar esa kutilganidek Kataloniyada qattiq qarşilikka töqnaş kelişdi. «Jirona» nafaqat mardonavor himoyalandi, balki favoritlarni xavfli qarşi hujumlar bilan qiyin ahvolga solib qöydi. Şunday hujumlardan biri esa muvaffaqiyatli çiqdi, birinçi bölim oxirida Tsigankov töpni jarima maydoniga yetkazib berdi, Unai esa bir harakat bilan darvozani işğol etdi. Şunga öxşaş kombinatsiya ikkinçi bölimda ham mezbonlarga muvaffaqiyat keltirişi mumkin edi, ammo bu safar Kurtua Vanatning zarbasini qaytarib qoldi.

Ikkinçi bölimda «Real» butun kuç bilan oldinga taşlandi va hujumlarda markaziy himoyaçilar Militao va Ryudiger ham faol iştirok etişdi. Vinisius Juniorning sa’y-harakatlari esa jamoani mağlubiyatdan qutqarib qoldi. Avvaliga braziliyalik hujumçining goli ofsayd tufayli bekor qilindi, u esa harakatdan töxtamadi va unga nisbatan foldan keyin mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi. Mbappe esa zarbani benuqson ijro etdi, penaltilar böyiça mutaxassis Gassaniga zarba yönalişini topgan bölsa-da, töpga yeta olmadi.

Madridliklar şundan keyin mezbonlar jarima maydonini qamal qilişdi, ammo raqibni taslim qilişning yölini topa olişmadi. Goh Vinsiusning zarbasiga aniqlik yetişmadi, goh darvozabon töpni Mbappening oyoqlaridan olib qöydi. Natijada «Real» çempionatda qatorasiga uçinçi öyinda durang öynab, birinçi örinni qaytarib ololmadi, «Barselona» esa buning uçun qöşnilaridan minnatdor bölsa arziydi.

Italiya: Konte Rimni zabt etdi

«Piza» – «Inter» 0:2
Gollar: Martines, 69 (0:1). Martines, 83 (0:2)
«Piza»: Skuffet, Karaççolo, Kanestrelli, Albiol (Lorran, 80), Marin, Ebişer, Piççinini (Tramoni, 71), Angori (Leris, 71), Ture, Meyster (Buffon, 90), Nzola (Moreo, 90)
«Inter»: Zommer, Açerbi (Bissek, 67), Bastoni, Akanji, Suçiç (Zelinski, 46), Hoqon Çalxonöğli, Barella, Dimarko, Luis Enrike (Diuf, 67), Tyuram (Espozito, 67), Martines (Karlos Augustu, 87)
Ogohlantirişlar: Karaççolo, 26. Albiol, 61 – Açerbi, 35

«Inter» uçun Pizaga safar favqulodda qiyin keçdi. Faqat ikkinçi bölimda Pio Espozito zaxiradan öyinga qöşilişi hisobni oçişga imkon berdi. U raqiblar aut ijro etişidan keyin boşlangan qarşi hujumda muhim rol öynab, Lautaro Martinesni qulay vaziyatga çiqardi. Bu gol esa mezbonlarni ruhan sindirdi va mehmonlar sardori öyin oxirlariga borib Barellaning uzatmasidan keyin ikkinçi golni ham urdi. Argentinalik hujumçi uçun «Piza» – u A Seriyada darvozasini işğol etgan 29-jamoaga aylandi. Lautaro 2018 yilda Italiyada debyut qilganidan buyon boşqa heç bir futbolçida bunday körsatkiç qayd etilmagan.

«Roma» – «Napoli» 0:1
Gollar: Neres, 36 (0:1)
«Roma»: Svilar, N`Dika, Ermoso, Mançini, Kristante (Al-Aynaviy, 62), Kone, Uesli Vinisius (Al-Şa’roviy, 82), Zeki Çelik, Pellegrini (Beyli, 80), Soule (Dibala, 62), Fergyuson (Baldansi, 46)
«Napoli»: Milinkoviç-Saviç, Rraxmani, Buondjorno, Bekema, Maktominay, Lobotka, Olivera, Di Lorenso, Lang (Politano, 69), Neres (Lukka, 85), Hoylund (Elmas, 80)
Ogohlantirişlar: Kristante, 55. Baldansi, 73. N`Dika, 86. Al-Şa’roviy, 90 – Lobotka, 63. Bekema, 64. Olivera, 90

«Napoli» yetakçilaridan biri Zambo-Angissaning jarohati David Neresga qöl keldi. Uşbu braziliyalik ötgan turda «Atalanta» bilan öyinda dubl qayd etgandi, endi esa peşqadamlik uçun öyinda hisobni oçdi. Neapolitanliklar birinçi bölimning ikkinçi yarmida namunali tezkor hujum uyuştirişdi va Hoylund Neresni yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi. Uning goli öyinda yagonaligini saqlab qoldi va bu ğalaba janubliklarning turnir jadvalidagi holatini maksimal darajada yaqinlaşdi. Şanba kungi öyinda «Latsio»ni mağlub etgan «Milan» hamon birinçi örinda, ammo «Napoli» «Inter» va «Roma»ni quvib ötdi va oçkolar soni böyiça rossonerilar bilan tenglaşib oldi. Umuman olganda, çempionat turnir jadvalining yuqori qismida intriga aql bovar qilmas darajada – birinçi va törtinçi örinlardagi jamoalar orasidagi farq bir oçko!