Jahon | 16:59 / 01.12.2023
15876
5 daqiqa o‘qiladi

Donbass o‘qlar yomg‘iri ostida - shaharlarda vayrongarchilik va yong‘inlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 645-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Bloomberg: Volodimir Zelenskiy iyundan buyon harbiy chaqiriq yoshini kamaytirish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekmay kelmoqda. U harbiylar chaqiruv orqali nimaga erishishni ko‘zlagani, yangi chaqirilganlar qanday taqsimlanishi va frontda 21 oy o‘tkazganlar uchun rotatsiya qanday tashkil etilishi bo‘yicha «yanada aniqroq reja» taqdim etilishini istamoqda.
  • Ukraina delegatsiyasi YeXHT yig‘ilishi vaqtida zalni tark etdi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov o‘z nutqini to‘xtatgan va ingliz tilida shunday degan: «Meni tinch qo‘ying, iltimos».
  • Rossiyalik harbiylar Ukrainaga dronlar va S-300 kompleksidan uchirilgan raketalar bilan hujum uyushtirdi. Donetsk oblastida hujum oqibatida o‘n kishi yaralanib, ikki kishi vafot etgan.
  • Ukraina nashrlari Buryatiyadagi temiryo‘lda Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan uyushtirilgan portlash ro‘y bergani haqida yozdi. Yuk poyezdi vagonida yong‘in chiqqani haqidagi ma’lumot Sharqiy-Sibir transport prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan.
  • Zelenskiy Ukraina Donbassning okkupatsiya ostidagi qismi aholisini «ruhan qaytarish», anneksiya qilingan Qrimdagidan ko‘ra og‘ir bo‘lishini tan oldi va buni Donbassda o‘n yildan buyon harbiy harakatlar ketayotgani bilan izohladi.
  • Rostov oblastidagi poligonda o‘q-dori tasodifan portlab ketishi oqibatida Primore o‘lkasidan bo‘lgan 12 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
  • Rossiyada «Oltin grammofon» mukofotini topshirish marosimi vaqtida sahnaga Ukrainadagi urush ishtirokchilari chaqirildi. Ularga Leopard tanki yo‘q qilingani uchun million rubllik sertifikatlar topshirilgan.

Donetsk oblastining Pokrovsk rayoni o‘qqa tutilishi

30 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Pokrovsk rayoniga oltita raketa bilan hujum uyushtirdi, deb xabar berdi Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko. Snaryadlardan biri ikki bolali oila yashovchi uy hovlisiga kelib tushgan. Zarba natijasida mahalliy aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lib, 10 kishi yaralangan (ulardan to‘rt nafari bolalar). Klimenkoning posti e’lon qilingan mahalda yana besh kishi xarobalar ostida qolayotgandi.

Pokrovskda yaralangan mahalliy aholi vakiliga harbiylar tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda
Marek M. Berezowski / Anadolu / ddp / Vida Press
Rossiya zarbalari oqibatida yonib ketgan binoda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Marek M. Berezowski / Anadolu / ddp / Vida Press
Zarba berilgan joydagi shifokorlar
Marek M. Berezowski / Anadolu / ddp / Vida Press
Rossiya qo‘shini Novogrodovka shahrini ham (Pokrovsk rayonida) o‘qqa tutdi. FVDX xodimlari turar joy xarobalari ostidan bir kishining jasadini olib chiqishgan, deb xabar berdi Donetsk harbiy ma’muriyati rahbari v.b Igor Moroz. 30 noyabr tongida qutqaruvchilar yana to‘rt kishining jasadini qidirish ishlarini davom ettirayotgandi, ulardan biri — yosh bola.
Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati matbuot xizmati
Novogrodovkadagi qutqaruvchilar jasadni xarobalar ostidan olib chiqishmoqda
Ukraina milliy politsiyasi matbuot xizmati

Chasiv Yardagi vaziyat 

Donetsk oblastining Chasiv Yar shahri hududida snaryad tushishidan hosil bo‘lgan chuqurlik. Baxmut rayonidagi bu shahar UQK nazoratida
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Chasiv Yar o‘qqa tutilishi oqibatida shikastlangan turar joy binosi
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Chasiv Yardagi qo‘mondonlik markazi
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Front chizig‘idagi askarlar
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Ukrain harbiylari 30 noyabr kuni Donetskka 30 ta raketa bilan hujum uyushtirdi, deb ma’lum qilgan anneksiya qilingan DXR ma’muriyati, jabrlanganlar haqida xabar berilmagan. UQK zarba yuzasidan izoh bermagan.

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatidagi vayrongarchilik
Valeriy Melnikov / Reuters / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirayotganida uydan buyumlarini olib chiqayotgan ayol
Valeriy Melnikov / Reuters / Scanpix / LETA
Otishmadan vayron bo‘lgan uydagi o‘t o‘chiruvchilar
Valeriy Melnikov / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid