Ekvador parlamenti sobiq prezidentni korrupsiyada aybdor deb topdi
Milliy assambleya sobiq prezidentni siyosiy javobgarlikka tortishga qaror qildi.

Foto: Anadolu Agency
Ekvador parlamenti 30 noyabr kuni sobiq prezident Gilyyermo Lassoni davlat mablag‘larini o‘g‘irlashda aybdor deb topdi va ma’lumotlarni prokurorlarga topshirdi.
«Milliy assambleya 116 ovoz bilan Gilyyermo Lassoni o‘g‘irlik uchun siyosiy javobgarlikka tortishga qaror qildi va tegishli tergovni boshlash uchun siyosiy jarayonning barcha hujjatlarini prokuratura va nazorat organiga yubordi», deyiladi parlamentning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Qonun chiqaruvchilar Lassoni davlatga qarashli FLOPEC neft-tanker kompaniyasidagi korrupsiya sxemasiga aloqador deb hisoblashdi. Shu bilan birga, parlament a’zolari sobiq davlat rahbariga davlat lavozimini egallashni taqiqlay olmasligini tan oldilar, chunki bu konstitutsiyada nazarda tutilmagan.
17 may kuni vakolat muddati 2025 yilda tugashi kerak bo‘lgan Lasso Milliy assambleyani tarqatib yuborish va yangi prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
17 noyabr kuni yangi qonun chiqaruvchi organ ish boshladi, u sobiq prezidentning aybdorligi masalasini ko‘rib chiqishni davom ettirishga qaror qildi.
23 noyabr kuni 15 oktyabrdagi ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra saylangan Daniel Noboa prezident lavozimini egalladi. Ekvadorda navbatdagi parlament va prezident saylovi 2025 yilda bo‘lib o‘tishi kerak.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

12:21 / 05.03.2025