Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev BAAning Dubay şahrida bölib ötayotgan BMTning iqlim özgarişiga bağişlangan 2023 yilgi sammitida nutq sözladi.
“Hozirgi davrda iqlim muammolari jahondagi barqaror rivojlaniş yölida eng asosiy tahdidga aylanib ulgurdi. Bu xavf-xatarlar hatto dunyo geosiyosiy arxitekturasiga ham ta’sir körsatmoqda.
Iqlim özgarişining salbiy oqibatlari zamonamizning eng ayançli ekologik inqirozlaridan biri – Orol fojiasi tufayli Markaziy Osiyo va unga yondoş mintaqalarda ayniqsa jiddiy sezilmoqda.
E’tiboringizni quyidagi faktlarga qaratmoqçiman:
- Mintaqamizda havo haroratining oşişi jahondagi örtaça körsatkiçdan ikki baravar köpdir. Sönggi yillarda favqulodda issiq kunlar soni ikki marta ortdi, muzliklar maydonining uçdan bir qismi erib yöqoldi.
- Mintaqamiz hududida tuproq yemirilişi jarayonlari 30 milliondan ziyod aholi turmuş tarziga salbiy ta’sir körsatmoqda. Kuçli çang va qum böronlari odatiy holga aylanib bormoqda.
- Içimlik suvi taqçilligi, havo ifloslanişi, bioxilma-xillik yöqolişi, qişloq xöjaligida hosildorlikning keskin pasayişi kabi muammolar tobora avj olmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, bu global xavflar keng mintaqamizda özining xatarli nuqtasiga yetib kelmoqda”, – dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev yaşil iqtisodiyotga ötiş va uglerod neytralligiga erişiş Yangi Özbekistonning ustuvor strategik vazifasi ekanini qayd etdi.
“Sönggi yillarda yurtimizda muqobil energiya uluşi ikki baravar köpaydi. Biz Amirliklar, Saudiya Arabistoni, Qatar, Xitoy, Turkiya va boşqa xorijiy hamkorlarimiz bilan birga 2030 yilga borib 25 gigavatt qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini barpo etamiz. “Yaşil” vodorod işlab çiqariş loyihasi böyiça ilk amaliy qadamlarni taşladik.
“Yaşil makon” taşabbusi doirasida har yili mamlakatimizda 200 million tup köçat ekilmoqda. Şaharlarda yaşil hududlar maydonini 30 foizga yetkazmoqçimiz. Orol dengizining qurigan tubida mustahkam himoya qalqonini yaratiş maqsadida 2 million gektar maydonda örmonlar barpo etdik”, – dedi u.









