Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti bilan uchrashdi
Suhbatda ikkitomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga tashrifi davomida 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.

Uchrashuvda amirliklar tomonidan vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayon, bosh vazir o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf Ol Nahayon, energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri, COP28 sammiti prezidenti Sulton Ahmad al-Jobir ham qatnashdi.
Suhbatda ikkitomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar barqaror va jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Qayd qilinishicha, yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi, qo‘shma korxonalar soni va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar miqdori ko‘paymoqda. Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollarni tashkil etyapti.
Faol muloqotni davom ettirish va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhim ekani ta’kidlandi.
Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va uni keng ko‘lamli strategik sheriklik darajasiga olib chiqishdan manfaatdorlik bildirildi.

Mavzuga oid
08:34
BAA Eronga qarshi yashirin hujumlar uyushtirgani ma’lum bo‘ldi
16:49 / 09.05.2026
Foto: O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
13:58 / 06.05.2026