Kim Chen In KXDR ayollarini ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi
Shimoliy Koreya rahbari mamlakatda tug‘ilish kamayib ketayotganidan xavotir bildirdi.
KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatda beshinchi bor o‘tkazilayotgan onalar yig‘inida so‘zga chiqib, tug‘ilishi ko‘rsatkichlari pasayib borayotganidan xavotirda ekanligini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar bermoqda.
Kim Chen In buni yoshlar o‘rtasidagi «aksilsotsiolistik xulq-atvor muammosi» bilan bog‘lagan. Va u «partiya, revolyutsiya va mamlakat» nomidan ayollarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi.
Kim Chen In nutqida «ko‘proq farzandni dunyoga keltirgan, yetim bolalarni parvarish qilayotgan onalarga, Pxenyan va viloyat ayollar kasaba uyushmalari vakillariga» minnatdorchilik bildirgan. Bundan tashqari bu yig‘ilish onalarning jamiyat va oila oldida o‘z zimmalariga olgan vazifalarini bajarishlarini ta’minlash yo‘llarini muhokama qilish uchun o‘tkazilayotganini bildirgan.
Agentlikning ta’kidlashicha, yig‘in ishtirokchilari davlat rahbarining mehr-muhabbat, ishonch bilan yo‘g‘rilgan nutqini ko‘zda yosh bilan tinglagan.
KXDR rahbari mamlakat ayollarida farzand ko‘rish haqida birinchi marta murojaat qilayotgani yo‘q. U 2021 yilgi onalar uyushmasi konferensiyasida ham shunday chaqirirq bilan chiqqandi.
Mamlakatda onalar yig‘ini so‘nggi bor 2012 yil noyabrida o‘tkazilgan edi. Kim Chen In unda ishtirok etmagan, faqat tadbir yakunida umumiy suratga tushish jarayonida ko‘rinish bergandi xolos. Mazkur tadbirning qachongacha davom etishi haqida ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham o‘z mamlakatidagi ayollarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
14:22 / 13.11.2024
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024
KXDR Rossiya bilan hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
20:11 / 10.11.2024