Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 580 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi
Holat Paxtachi tumanida yuz bergan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari Paxtachi tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan ohak ishlab chiqarish korxonasini aniqladi.
Ta’kidlanishicha, tumandagi xususiy korxona rahbari texnik shartda ko‘rsatilgan loyihadan tashqari o‘zboshimchalik bilan gaz quvuri o‘tkazib, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzgan holda ohak ishlab chiqarib kelgan.
Korxona 387 245 m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib davlat manfaatlariga 580 mln so‘mlik zarar yetkazgan, deya xulosa bergan “O‘zenergoinspeksiya”ning Samarqand viloyat bo‘limi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Farg‘onada 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026