O‘zbekiston | 15:17 / 30.11.2023
12003
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi

Tsex tabiiy gaz tarmog‘idan hisoblagichsiz foydalanib kelgan.

Foto: Energetika vazirligi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi ohak ishlab chiqarish sexi tarmoqqa noqonuniy ravishda, tabiiy gaz hisoblagichisiz ulanib foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Tizim vakillari va organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida sexning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan, bu orqali davlat manfaatlariga 1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Vazirlikka ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 2023 yilning dastlabki 6 oyida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish tufayli 78,5 milliard so‘m, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish sababli esa 231 milliard 866 million so‘m zarar ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid