Jahon | 22:38 / 07.12.2023
7393
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga «imkon qadar» amal qilmoqda - Qirg‘iziston TIV

Qirg‘iziston urushda Rossiya yoki Ukrainani qo‘llab-quvvatlay olmaydi, shuning uchun sanksiyalarga «iloji boricha» amal qiladi. 

Foto: EPA/TASS

Qirg‘iziston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga «imkon qadar» amal qiladi va Rossiya, Ukraina va Yevropa davlatlari bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jyeenbek Kulubayev ma’lum qildi. 

«Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilish bo‘yicha kelishuvlar mavjud. Biz Rossiya, Ukraina va Yevropa davlatlari bilan hamkorlik qilamiz. Yevropalik sheriklardan sanksiyalarni buzmaslik talabi bo‘lgan. Biz bunga rozi bo‘ldik, lekin talablar bajarilishini har doim ham nazorat qila olmaymiz», dedi Quluboyev. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qirg‘iziston urushda Rossiya yoki Ukrainani qo‘llab-quvvatlay olmaydi, shuning uchun sanksiyalarga «iloji boricha» amal qiladi, chunki ayrim tovarlar «harbiy sanoatga tegishli bo‘lishi mumkin». 

«Biz bu mojaroning tinch yo‘l bilan hal etilishi tarafdorimiz, ammo savdo ham kerak, ayniqsa Rossiya bizning asosiy hamkorimiz bo‘lgan bir paytda», dedi tashqi ishlar vaziri.

Mavzuga oid