Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV rahbari YeXHT milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari bilan muzokara o‘tkazdi
YeXHT milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari lavozimi 1992 yilda YeXHT mas’uliyati doirasidagi turli jamiyatlarda millatlararo totuvlikni ta’minlash va o‘zaro tushunishni mustahkamlash vositasi sifatida tashkil etilgan.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Skope shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vazirlar kengashining 30-yig‘ilishida ishtiroki davomida YeXHTning milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari Qayrat Abdrahmanov bilan uchrashdi.
«YeXHTning milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari Qayrat Abdrahmanov janoblari bilan uchrashib, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik tamoyillarini ilgari surish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan mamnunmiz», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
YeXHTning milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari lavozimi 1992 yilda YeXHT mas’uliyati doirasidagi turli jamiyatlarda millatlararo totuvlikni ta’minlash va o‘zaro tushunishni mustahkamlash vositasi sifatida tashkil etilgan.
Qozog‘istonlik diplomat Qayrat Abdrahmanov ushbu lavozimda 2020 yil dekabrdan beri ishlab kelmoqda. U YeXHT oliy komissari sifatida 2022 yil 28 iyul-2 avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatning qator rasmiy vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18:22 / 08.03.2026
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
10:23 / 04.03.2026
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari telefon orqali vaziyatni muhokama qildi
19:34 / 01.03.2026