Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentda bölib ötayotgan “Jadidlar: milliy özlik, istiqlol va davlatçilik ğoyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya iştirokçilariga murojaat yölladi.

Konferensiya oçilişida davlat rahbarining murojaatini prezident maslahatçisi – spiçrayter Xayriddin Sultonov öqib eşittirdi.

Prezident murojaati avvalida tadbir iştirokçilarini jadidçilik harakatiga bağişlangan xalqaro anjumanning oçilişi bilan tabriklagan. Şavkat Mirziyoyev ötgan asr boşlarida şakllangan bu harakat nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun musulmon olami va turkiy dunyo tarixida çuqur iz qoldirganini qayd etgan

“Muştarak tariximizning yorqin sahifalarini taşkil etadigan ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning öz qimmati va ahamiyatini hamon yöqotmasdan kelayotgan boy merosini hamkor davlatlar hamda xalqaro taşkilotlar vakillari, taniqli xorijiy olimlar bilan birgalikda teran tadqiq va tarğib etiş bizning ustuvor vazifamizdir.

Bugungi anjumanimizga taşrif buyurgan nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlari va vakillariga, şuningdek, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Vengriya, AQŞ, Germaniya, Niderlandiya, Şvetsiya, Yaponiya va boşqa mamlakatlardan kelgan taniqli olim va ekspertlarga uşbu anjumanni taşkil etiş taşabbusimizni qöllab-quvvatlaganliklari uçun samimiy taşakkur bildiraman”, – degan prezident.

Davlat rahbariga köra, noyob ijtimoiy-siyosiy fenomen bölgan jadidçilik ğoyasining şakllanişi va taraqqiyotiga doir dunyoning bir qator mamlakatlarida köplab tadqiqotlar yaratilgan bölsa-da, uşbu harakat namoyandalarining Markaziy Osiyo hududida milliy davlatçilik va mintaqaviy öziga xoslikni, fuqarolik jamiyatining rivojlanişiga qöşgan ulkan hissasini konseptual va tizimli asosda atrofliça örganiş dolzarb masala bölib qolmoqda.

“Şu nuqtayi nazardan qaraganda, taraqqiyparvar ajdodlarimizning ilğor ğoya va qaraşlarini tadqiq etiş va tizimlaştiriş, Turkiston jadidlarining milliy davlatçilik rivojidagi örni va ta’sirini örganiş, XX asrning birinçi çoragida ular tomonidan barpo etilgan davlat tuzilmalarining qonunçilik bazasini tahlil qiliş, dunyoviy, huquqiy va demokratik jamiyat qurişga qaratilgan faoliyatiga tarixiy baho beriş, Yangi Özbekiston va Uçinçi Renessansni bunyod etişda uşbu merosning mustahkam poydevor bölib xizmat qilişi bilan boğliq masalalar bugungi konferensiyaning asosiy muhokama mavzulari etib belgilangani alohida ahamiyatga ega.