11 dekabr kuni Toşkentda jadidçilik harakatiga bağişlangan xalqaro konferensiya boşlandi. Tadbirning oçilişida prezident Şavkat Mirziyoyevning spiçrayteri Xayriddin Sultonov davlat rahbarining konferensiya iştirokçilariga yöllagan murojaatini öqib eşittirdi.

“Keyingi yillarda Özbekiston Oliy sudi tomonidan 1030 dan ziyod mustabid tuzum qatağoniga uçragan vatandoşlarimiz nomi oqlangani tarixiy adolatni tiklaş yölidagi yangi qadam böldi.

Ayni vaqtda, yurtimizda har yili avgust oyini “Qatağon qurbonlarini yod etiş oyi” sifatida ötkaziş, fidoyi vatandoşlarimiz va ularning avlodlari yaşagan va yaşayotgan xonadonlarga yodgorlik lavhalari örnatiş, ularning vorislari hamda yaqin kişilariga hurmat-e’tibor körsatiş böyiça çora-tadbirlar belgilanmoqda.

Mahalla idoralarida “Qatağon qurbonlari xotirasi burçaklari” va “Mahalla xotira kitoblari”ni taşkil etiş, har yili kamida 100 nafar qatağon qurboni hamda jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini aks ettiradigan töplam tayyorlaş rejalaştirilgan”, – deya ta’kidlagan prezident.

Davlat rahbarining qayd etişiça, qatağon mavzusida arxiv hujjatlaridan foydalaniş imkoniyatlari kengaytiriladi.

Şuningdek, ilmiy tadqiqot işlarini amalga oşiriş uçun maqsadli grantlar e’lon qiliş, yangi badiiy va publitsistik asarlar yaratiş, xorijiy ilm-fan markazlari, fondlar va muzeylar, kutubxonalar bilan hamkorlikni rivojlantiriş çoralari körilmoqda.