Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IPO doirasida “O‘zbekinvest” kompaniyasi aksiyalari rejalashtirilgan 16 kun o‘rniga 7 ish kunida sotildi
2023 yilning 28 noyabr kuni O‘zbekistondagi eng yirik sug‘urta tashkiloti - “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi “Toshkent” Respublika fond birjasida birlamchi ommaviy joylashtiruv (IPO)ga bag‘ishlangan Road show o‘tkazdi.
Foto: O‘zbekinvest
IPO uchun narx diapazoni har bir imtiyozli aksiya uchun 1000 so‘m etib belgilangan. “O‘zbekinvest” 14 million donadan ortiq imtiyozli aksiyalarni chiqardi, bu kompaniya ustav kapitalining 5%ini tashkil etadi. Aksiyalardan kafolatlangan yillik dividend daromadi “Markaziy bankning asosiy stavkasi + 10%” darajasida belgilandi.
“O‘zbekinvest” aksiyalarini ommaviy joylashtirishuvining yakuniy sanasi joriy yilning 15 dekabriga belgilangan bo‘lsa-da, kompaniyaning barcha aksiyalari 7 dekabrda sotilgan.
Aksiyalarga yuqori qiziqish bo‘lganining asosiy sababi “O‘zbekinvest” kompaniyasining yuqori rentabelligi va investorlarning ishonchi bo‘ldi. Shuningdek, investorlarni 2024-yil uchun dividendlarning 36% ni tashkil etuvchi yuqori rentabelligi jalb qilmoqda. Birinchi dividend to‘lovlari 2024 yilning iyul-avgust oylariga mo‘ljallangan, aksiyalarni joylashtirish esa 2023 yil dekabrida bo‘lib o‘tmoqda.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt|Facebook|Instagram|Telegram|YouTube
Mavzuga oid
10:00 / 23.04.2026
«O‘zbekinvest» eksportni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro investitsiyalar uchun Skandinaviya hamda Shimoliy Yevropa mamlakatlarida sug‘urta bozorlarining yangi yo‘nalishlarini ochmoqda
10:00 / 14.04.2026
«O‘zbekinvest» va FALIA sug‘urta bozorini rivojlantirish hamda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
10:00 / 26.03.2026
«O‘zbekinvest» va SACe eksport sug‘urtasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
10:00 / 25.03.2026