Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon maxfiy hujjatlarining oshkor etilishi bo‘yicha tergov natijalari e’lon qilindi
AQSh Milliy gvardiya razvedka qanotining 15 nafar a’zosi jazoga tortildi.
AQSh Harbiy havo kuchlari departamentining ma’lum qilishicha, Milliy gvardiya razvedka qanotining 15 nafar a’zosi Pentagon maxfiy hujjatlarining ommaviy ravishda sizib chiqishi sababli intizomiy jazoga tortilgan.
Tergovda aniqlanishicha, ma’lumotlar Jyek Teysheyraning ehtimoliy harakatlaridan keyin sizib chiqqan bo‘lib, unga iyun oyida maxfiy ma’lumotlarni saqlash va tarqatish bo‘yicha 6 ta ayblov e’lon qilingan.
Shuningdek, tergovda Teysheyra xizmat qilgan qismda ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish uchun zarur choralar ko‘rilmagani aniqlangan. Xususan, Teysheyraning hamkasblari uning maxfiy ma’lumotlarni qidirayotganini bilgan, biroq bu ma’lumotlarni oshkor qilayotganini bilmagan.
Bundan tashqari, qo‘mondonlarning o‘ziga ishonib topshirilgan ishni nazorat qilmasligi, xavfsizlik hodisalari to‘g‘risida izchil xabar bermasligi, shuningdek, maxfiy ma’lumotlarga ega bo‘lmasligi kerak bo‘lgan shaxslarga ruxsat berilgani va samarasiz intizomiy choralar ko‘rilishi ma’lumotlarning sizib chiqishiga bilvosita sabab bo‘lgan.
Intizomiy jazoga tortilgan 15 askar orasida 102-razvedka qanoti qo‘mondoni polkovnik Shon Rayli ham bor, u tergovdan so‘ng lavozimdan chetlatilgan.
Amerika harbiylari va razvedkasiga tegishli, jumladan Ukrainadagi urush bilan bog‘liq maxfiy hujjatlarning sizib chiqishi haqida 2023 yil bahorida ma’lum bo‘ldi. 13 aprel kuni bu ish bo‘yicha Discord yopiq serverida maxfiy hujjatlarni chop etgan Jyek Teysheyra qo‘lga olindi. Ushbu sizib chiqish so‘nggi yillardagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Teysheyra 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
19:51 / 22.05.2026