Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident IIBB Yagona tezkor boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yagona tezkor boshqaruv markazini borib ko‘rdi.
Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi «Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Qayd qilinishicha, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan majmua «Geoinformatsion elektron xarita» dasturi asosida ishlaydi. Unga ichki ishlar, adliya, sog‘liqni saqlash, transport va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya, Soliq qo‘mitasi kabi idoralarning 55 ta elektron bazasi integratsiya qilingan. Toshkent shahridagi 10 mingdan ortiq turar va noturar joylardagi 7300 ta videokuzatuv kameralari ham ulangan.

Ta’kidlanishicha, tizim ko‘cha va jamoat joylarida xizmat olib borayotgan xodimlarni onlayn kuzatish, hodisa joyiga 3-5 daqiqada yetib borish imkonini beradi. Uning yordamida poytaxtda sodir qilingan 925 ta jinoyat tezkor fosh etilgan.
Yagona tezkor boshqaruv markazida «Ye-manzil», «Shakl-1», «Ye-mehmon», «Kadastr» dasturlaridan ma’lumot olish ham yo‘lga qo‘yilgan. «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida o‘qigan yoshlar tomonidan «Qalqon» nomli tizim yaratilgan.
Prezident markazda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu tizimdan foydalanib, mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishini ham raqamlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini va tezkorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026