Kia Sorento’ning yangilangan versiyasiga oldindan buyurtma berish boshlanganini e’lon qiladi
ADM Global kompaniyasi Kia modellarining rekord darajadagi sotuvi va O‘zbekistonda yangilangan Kia Sorento’ga oldindan buyurtma berish boshlanganini e’lon qildi.
Joriy yilda O‘zbekistonda deyarli 14 mingga yaqin Kia avtomobillari sotilib (bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 baravar o‘sishni tashkil etadi), 2023 yil yakunlanishiga qadar hali bir oycha vaqt borligiga qaramay yillik rekord yangilandi.
Kia avtomobillariga bo‘lgan talab eng yuqori darajada bo‘lishda davom etib, sotuvlar bo‘yicha yillik rekordga 11 oydan kamroq vaqt ichida uch baravariga ortganligi brendining kuchi, yuqori sifati va Kiaʼning ajoyib dizaynidan dalolat bermoqda.
Kia Uzbekistan 2023 yil noyabr oyidan boshlab barchaga maqbul bo‘lgan to‘liq o‘lchamli Sorento krossoverining yangilangan versiyasiga oldindan buyurtma berilishi boshlanganini e’lon qildi. Ushbu model ko‘plab o‘zbekistonliklar kundalik hayotining ajralmas qismi bo‘lib, mashhurligi bo‘yicha haqli ravishda xalq tanlagan model deb hisoblanishi mumkin.
Yangi Opposites United firma stilida butunlay qayta ishlangan dizayn tez orada brendning barcha modellarida qo‘llanadi. Avtomobil tanlash imkoni asosida 175 ot kuchi quvvatiga ega 2,5 litrli hamda 272 ot kuchiga ega 3,5 litrli dvigatellari bilan jihozlanadi. Ikkala dvigatel ham to‘liq privodga ega.
Mavjud modellar va komplektatsiyalarning to‘liq ro‘yxatini olish hamda boshqa ma’lumotlar bilan tanishishni Kia’ning 55-5008333 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali, kia.uz sayti, Telegram bot yoki Toshkent, Andijon, Denov, Buxoro va Qo‘qon shaharlaridagi Kia’ning rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qilish orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Rasmiy dilerlik markazlaridan xarid qilingan Kiaʼning barcha avtomobillari uchun 5 yil yoki 150 000 km yurishiga kafolat amal qiladi.
Kia rasmiy dilerlik markazlarining manzillari:
Kia Sergeli — Sergeli tumani, Alisher Navoiy mavzesi, Toshkent avtomobil halqa yo‘li;
Kia Yakkasaroy — Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li, 70A;
Kia Andijon — Andijon shahri, “Jalabek” KFY, S. Ashurov mavzesi;
Kia Denov — Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Lochin mahallasi, Humo ko‘chasi;
Kia Bukhara — Buxoro shahri, A380, Gazli trassasi;
Kia Kokand — Qo‘qon shahri Movaraunnahr ko‘chasi, 94 G.
Sayt: kia.uz
Telegram-kanal: @kia_rasmiy
Instagram: @kia__uzbekistan
Telegram-bot: @kiauzbekistanbot
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
19:00 / 28.12.2024
Erishilgan yutuqlar e’tirofi : Kia O‘zbekistonni maftun qilishda davom etmoqda
17:00 / 12.12.2024
Kelajakka intilgan klassika: Kia K9 – nufuzli sedanlar segmentidagi flagman
19:00 / 22.11.2024
Oilaviy sayohatlar uchun Kia Sorento tanlanishining asosiy sabablari
17:00 / 18.10.2024