O‘zbekiston Misrdagi xalqaro mudofaa ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Joriy yil 4-7 dekabr kunlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi delegatsiyasi Qohira shahrida tashkil etilgan uchinchi EDEX-2023 xalqaro mudofaa ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lum qilishicha, tadbir doirasida mamlakat delegatsiyasi Misr harbiy ishlab chiqarish davlat vaziri Muhammad Salohiddin tomonidan qabul qilindi. Muzokaralar davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda mudofaa sanoati mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Misr tomoni O‘zbekistondan ba’zi turdagi mahsulotlar importiga qiziqish bildirdi va aloqalarni jadallashtirishdan manfaatdorligini ta’kidladi.
EDEX-2023 xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi davomida pavilonlarda mahalliy va xorijiy harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi vakillar bilan manfaatli muzokaralar olib borildi.
Ushbu ko‘rgazma mudofaa sohasida Afrika va Yaqin Sharqda eng yirigi hisoblanib, har ikki yilda Misr prezidenti rahnamoligida o‘tkazib kelinmoqda.
Tadbirda o‘z mahsulotlari bilan 46 ta davlatdan 400 ga yaqin ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdi, shuningdek, 50 dan ortiq mamlakatdan rasmiy delegatsiyalar qabul qilindi.
Mavzuga oid
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024