Suv dunyosini «öldirayotgan» osiyoliklar - okeanlarga xavfli plastik çiqindilarni kim köp oqizmoqda?
|14:50 / 16.12.202334 429
Bugun «plastik balosi» tom ma’noda insoniyat uçun jiddiy xavfga aylandi. Olimlar tomonidan bir asrda ötsa-da çirimasdan turaverişi aytilgan plastik tabiatning kuşandasiga aylanmoqda.
Har yili Yer yuzi böylab örtaça 300-400 mln tonna plastik çiqindi çiqadi. Uning çorak qismi duç kelgan joylarga uloqtiriladi. Sönggi yillarda bu kimyoviy mahsulot okeanlarning eng tubidan tortib, to dunyoning eng baland nuqtasi — Jamolungma çöqqisi etaklarigaça yetib bordi.
Tartibsiz ravişda taşlangan plastiklarning bir qismi quruqlikda soçilib yotgan bölsa, boşqa bir qismi yirik daryolar orqali dunyo okeaniga çiqib ketyapti.
2019 yilda dunyoning 194 ta davlati dunyo okeaniga plastik çiqindilar ifloslanişini bartaraf etiş haqidagi rezolyutsiyani imzoladi. Vaziyat şundan keyin ham xavotirli holda qolmoqda va plastik çiqindilar okeanlarga oqib çiqişda davom etyapti.
Janubiy-Şarqiy Osiyodagi daryolardan biri. Uning ustini plastik çiqindilar qoplab olgan.
Faqat 2020 yilda pandemiya munosabati bilan okeanlarga turli çiqindilar bilan birga plastik çiqindilar oqişi biroz kamaygan. Pandemiya ötib ketgandan söng vaziyat eski holiga qaytdi.
Ma’lumotlarga köra, sönggi yillarda dunyo okeaniga yiliga 3 mln tonnagaça plastik çiqindi tuşmoqda. Umumiy hisob-kitoblar 1980 yildan bugungaça dunyo okeaniga kamida 25 mln tonna plastik çiqindi tuşganini körsatadi.
Olimlar dunyo okeanidagi plastik çiqindilar taxminiy hisoblardan köproq miqdorda bölişi mumkinligini ham aytadi.
Bundan taşqari, har yili sohilböyi hududlarga (asosan dam oliş maskanlari va plyajlar joylaşgan joylar) taşlab ketilgan plastik çiqindilarning asosiy qismi ham dunyo okeaniga çiqib ketmoqda.
Sohilböyi, faollar «Bir marta işlatiladigan plastiklar bilan ifloslangan» yozuv tuşirilgan banner bilan.
2022 yil ma’lumotlariga köra, bu körsatkiçda Filippin birinçi örinda turibdi. Bu davlat sohillarida soçilib yotgan plastik çiqindilardan 356 ming tonnasi dunyo okeaniga tuşgan
Mavzuga oid
11 min
Yirik daryolarning aksariyati dunyo okeanini plastik çiqindilar bilan töldirib, suv olami jonzotlari uçun jiddiy xavf tuğdirmoqda. Bu Osiyo qit’asida oqadigan daryolarning har yili millionlab tonna plastik çiqindilarni Tinç va Hind okeanlariga oqizib borayotganida yaqqol közga taşlanadi.
.
Şuningdek, Hindistonda 126 ming tonna, Malayziyada 73 ming tonna, Xitoyda 70,7 ming tonna, Indoneziyada 56 ming tonna, Myanmada 40 ming tonna, Braziliyada qariyb 38 ming tonna, Vetnamda 28 ming tonna, Tailandda qariyb 23 ming tonna atrofga taşlangan plastik çiqindi okeanga çiqib ketgan.
Dunyo okeaniga borib tuşgan plastik çiqindilarning bir qismi sohil böylarida saqlanib qolsa, qolgani suv tubiga çökadi. Oqibatda okeanlarda yaşaydigan köplab jonzotlar ularni yutib yuborib, nobud bölmoqda.
2023 yil holatiga köra dunyo okeanida 171 trillion bölak plastik çiqindi suzib yuribdi yoki suv tubiga çökkan. 2005 yilda bu körsatkiç 16 trln bölak bölgan va ötgan yillarda 10 martadan oşiqroq köpaygan.
Bugun dunyo okeaniga tuşgan plastik çiqindilarning asosiy qismini yirik daryolar oqizib çiqmoqda. Plastik mahsulotlarni işlatiş ommalaşgandan söng dunyo okeaniga plastik çiqindilarni köp çiqarayotgan önta daryoning sakkiztasi Osiyoda, ikkitasi Afrikada joylaşgan.
Dunyo okeaniga eng köp plastik çiqindi oqizib çiqayotgan daryolar
Ular plastik çiqindilarni asosan Tinç va Hind okeaniga olib çiqyapti. Umumiy hisobda dunyo okeaniga tuşayotgan plastik çiqindilarning 90 foizdan oşiğini daryolar oqizib bormoqda.
Turli ma’lumotlarga köra, okeanlarda suzib yurgan plastik çiqindilar har yili 1 mln dengizdan oziqlanuvçi quşlarning, 100 mingdan oşiq sut emizuvçilarning nobud bölişiga olib kelmoqda.
Quyida okeanlarga eng köp plastik çiqindi oqizayotgan yirik daryolar haqida ma’lumotlarni keltiramiz.
Foto: stock.adobe.com
Yanszi
Xitoydagi ikkita yirik daryoning biri bölgan Yanszi Himolay toğlarining şimoliy qismidan boşlanadi. Söng Xitoyni kesib ötib, Sariq dengizga quyiladi.
6 300 km masofadan oqib ötuvçi Yanszi Yevrosiyo materigidagi eng sersuv daryo hisoblanadi. U dunyoda sersuvligi böyiça 3-örinda, uzunligi böyiça 4-örinda joylaşgan.
Yanszi Xitoy iqtisodiyotida muhim örin egallaydi. U oqib ötadigan hududlarda Xitoy yalpi içki mahsulot hajmining 20 foiziga teng mahsulot işlab çiqariladi. Tabiiyki, aksariyat korxonalar daryo suvidan foydalanadi.
Bundan taşqari, daryoga har yili millionlab tonna turli çiqindilar taşlanadi. Oqibatda Yanszi har yili Sariq dengizga 1,5 mln tonna plastik çiqindilarni oqizadi.
Dunyo böylab okeanlarga çiqayotgan plastik çiqindilarning asosiy qismini Yanszi daryosi oqizadi. Dunyodagi barça daryolarning umumiy körsatkiçi bilan soliştirganda ham Yanszi ulardan köp plastik çiqindilarni okeanga olib çiqadi.
Hind
Himolay toğlarining Xitoyga tegişli qismidan boşlanuvçi bu daryo ozroq hududda Hindistondan oqadi. Söng Pokistonni şimoldan janubga kesib ötadi va Karaçi şahri yaqinida Hind okeaniga quyiladi.
Panjob va urdu tillarida Sind deb ataluvçi mazkur daryoning umumiy uzunligi 3 180 km. Uning qirğoqlari yaqinida Pokistonning juda köp şahar va qişloqlari joylaşgan. Şu sababli daryoga har yili juda katta miqdorda turli çiqindilar, şu jumladan işlatilgan plastmassa buyumlar taşlanadi.
Hind daryosi dunyo okeanini ifloslantirişda ikkinçi örinni egallaydi va har yili 150-200 ming tonna atrofida plastik çiqindilarni okeanga oqizib çiqaradi.
Huanhe (Sariq daryo)
Bu daryo ham Himolay toğlarining şarqiy qismidan, dengiz sathidan 4 500 metr balandlikdagi muzlikdan boşlanadi. Söng 5 464 km masofada Xitoy böylab oqib, Bohayvan qöltiğida Sariq dengizga quyiladi.
Huanhe böylarida Xitoyning köplab aholi punktlari joylaşgan va ulardan daryodagi tinimsiz çiqindilar oqizilmoqda.
Daryo har yili Tinç okeaniga 100-150 ming tonna atrofida plastik çiqindi olib çiqmoqda.
Foto: stock.adobe.com
Hayhe (Oq daryo)
Bu daryo ham Xitoyda joylaşgan. U törtta Bayhe, Vayhe, Tsziyahe va Datsinhe daryolarining qöşilişidan paydo böladi.
U umumiy hisobda 1 090 km masofadan oqib ötib, Bohayvan qöltiğida Sariq dengizga quyiladi.
Hayhe daryosi ham har yili Tinç okeaniga taxminan 100 ming tonna atrofida plastik çiqindilarni oqizib çiqadi.
Nil Afrika qit’asi markazida joylaşgan Kongo demokratik respublikasining şarqiy qismidagi Şarqiy Afrika yassi toğlaridan boşlanadi.
Efiopiyadan boşlanuvçi Kök Nil va Ruandadan boşlanuvçi Oq Nil daryolari qöşilgaç Nil nomini oladi. Söng u Sudan va Misrni kesib ötib, Örta yer dengiziga quyiladi.
Nilga oqim davomida Janubiy Sudan va Efiopiya hududidan boşlanadigan bir neçta yirik irmoqlar quyiladi.
Sudan va Misrda aksariyat aholi punktlari va sanoat korxonalari Nil qirğoqlarida joylaşgan. Bu holat daryoga boşqa çiqindilar qatori minglab tonna plastiklar taşlanişiga sabab bölyapti.
Oqibatda Nil har yili Örta yer dengiziga örtaça 80-100 ming tonna atrofida plastik çiqindi oqizib bormoqda.
Foto: newyorker.com
Gang
Gang daryosi Ğarbiy Himolaydagi Gangotri muzligidan boşlanadi va Hindistonni kesib ötib, Bangladeş hududida Hind okeaniga quyiladi. Uning uzunligi 2 700 km.
Gang Brahamaputra deb ataluvçi yirik irmoği bilan Amazonka va Kongo daryolaridan söng dunyoning uçinçi sersuv daryosi hisoblanadi.
Mazkur daryo ham har yili Hind okeaniga 75-80 ming tonna atrofida plastik çiqindi oqizib boradi.
Foto: epacha.org
Çjutszyan (Marvarid daryo)
Çjutszyan ham Xitoyda joylaşgan bölib, uning uzunligi 2 400 km. U bir neçta kiçik daryolarning qöşilişidan paydo böladi va Xitoyning aholi ziç yaşaydigan hududlaridan oqib ötadi. Söng Hongkong va Makao yaqinida Yapon dengiziga quyiladi.
Bu daryo uzunligi böyiça Xitoyda uçinçi, sersuvligi böyiça Yanszidan söng ikkinçi örinni egallaydi. Daryo har yili Tinç okeaniga qariyb 55-60 ming tonna plastik çiqindi oqizib çiqadi.
Amur daryosi qirğoği \ Foto: livejournal.com
Amur
Bu daryoni xitoyliklar Xayxe – katta daryo deb ataşadi. U Baykalorti ölkasidan boşlanib juda uzoq masofada Xitoy va Rossiya çegarasi böylab oqadi.
Amur daryosi 2 824 km masofani oqib ötib, Xabarovsk ölkasida Tinç okeaniga quyiladi.
Bundan 20-30 yilça avval Amur juda toza daryo bölgan. SSSR parçalanib ketgandan söng daryodagi bir neçta orollar Rossiya tomonidan Xitoyga berib yuborildi.
Sönggi 20 yilda xitoyliklar daryo yoqasida joylaşgan şahar va qişloqlarni keskin rivojlantirib yubordi. Şunga yaraşa qirğoqböyi hududlarda aholi soni köpaydi.
Oqibatda Amurning suvi juda ifloslandi va u bugun okeanga plastik çiqindi oqiziş böyiça dunyodagi 10 daryo orasidan joy olmoqda.
Sönggi yillarda Amur daryosi har yili Tinç okeaniga 40-50 ming tonna atrofida plastik çiqindi oqizib çiqarmoqda.
Caption
Niger
Niger Ğarbiy Afrikadagi muhim daryolardan biri hisoblanadi. U Serra-Leone va Gvineya davlatlari çegarasida joylaşgan Leon-Liberiya tepaliklaridan boşlanadi.
Söng Gvineya, Mali, Niger va qisqa masofada Niger va Benin örtasidagi çegaradan, oxirida Nigeriya böylab oqib, Atlantika okeaniga quyiladi.
Niger özi oqib ötadigan beşta davlat uçun muhim daryo hisoblanadi. Aksariyat şahar va qişloqlar daryo yoqasida joylaşgan. Şu sababli unga juda köp plastik çiqindi taşlanadi.
Niger daryosi har yili Atlantika okeaniga 40-50 ming tonna atrofida plastik çiqindi oqizib çiqmoqda.
Mekong daryosi qirğoği, Vetnam \ Foto: vnanet.vn
Mekong (Töqqiz ajdarho daryosi)
Mekong daryosi Tibet toğlarida joylaşgan Tangla çöqqisidan boşlanadi. Söng Xitoy, Myanma, Laos, Tayland, Kambodja hududidan ötib, Vetnam hududida Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi.
Mekongning uzunligi 4 500 km bölib, boşqa daryolar kabi uning qirğoq hududida köplab şahar va qişloqlar joylaşgan. Şu sababli unga har yili köp miqdorda turli çiqindilar oqiziladi.
Mekong daryosi har yili Tinç okeaniga 35-40 ming tonna plastik çiqindilarni olib çiqadi va bu körsatkiç böyiça dunyodagi daryolar orasida 10-örinni egallaydi.