“Rahbar öz xodimlariga namuna bölişi kerak” - Normat Tursunov bilan suhbat
|22:58 / 18.12.202340 19916 min
Soliq sohasidagi 28 yillik faoliyatidan keyin, 2021 yil noyabrda Navoiy viloyati hokimi lavozimini egallagan Normat Tursunov tayinlovdan ikki yil ötib ilk marta intervyu berdi. Kun.uz muxbiri undan viloyatdagi muammolar va kutilayotgan yangiliklar, sökonğiç va majlisboz rahbarlarga munosabati, xizmat xonasida nega kresloda ötirmasligi va xizmat maşinasining narxi haqida söradi.
— Bu – hokimlik faoliyatini boşlaganingizdan buyon ilk marta intervyuga rozilik berişingiz. Buning sababi nimada?
— Viloyat hokimi intervyu berişi kerak, albatta. Lekin boşqa sohadan hokimlikka kirib kelganim sababli töliq kirişib ketib, intervyu beriş, qilingan işlarni gapiriş uçun muddat kerak böladi. Faoliyat boşlaganimga 2 yil bölgan bölsa, yil yakunida aholiga qilingan işlar böyiça hisobot beramiz. Oldingi iş joylarimda ham, hozir ham OAV, jurnalist, blogerlar bilan hamkorlikda işlaymiz.
Rahbarlarga OAVning zarurligi şundaki, ba’zida aholini qiynayotgan muammolar rahbarga yetib kelgunça köp vaqt ötib ketadi, şunday paytda OAV, blogerlar yordam beradi. Respublika va hududiy OAV, blogerlar bilan döstona hamkorlikda işlab kelyapmiz. Tezkorlik bilan, adolat bilan yoritilgan har bir ma’lumot hokimlik va rahbarlarga muammoni operativ yeçişga katta yordam beradi.
— Hokim bölişingizni eşitganingizda nimani his qilgansiz, balki qörquv yo xavotir bölgandir? Tuman yoki şaharda hokim bölmasdan, birdan viloyat hokimi böliş qanday bölgan?
— Oldingi faoliyatimda hokimlik bilan doim hamkorlikda işlaganman. Hokimlik lavozimi haqida eşitganimda katta mas’uliyatli iş ekanini öylaganman. Aytganingizdek, tuman yoki şaharda hokim bölib, tayyor bölib keliş boşqaça, şuni öylab, bir narsani sezganmanki, bu narsa menga ikki karra mas’uliyat yuklaydi. Şunga yaraşa natija körsatiş kerak, xalq baho beradi bunga.
— Oldingi viloyat hokimi bilan familiyangiz bir xil, qarindoşligingiz bormi?
— Yöq, heç qanday qarindoşligimiz yöq. Soliq tizimida işlaganimda oldingi hokim bilan ham hamkorlikda işlaganman. Men toşkentlik, u kişi esa navoiylik.
— Hokimi eng kam almaşgan viloyat Navoiy ekan. Nima uçun şunday deb öylaysiz, balki bu yerda hokimlik osonroqdir?
Mavzuga oid
— Hokimlik oson emas, menimça. Hokim tayyorlaydigan maktab yöq, xalqning özi yaratadi maktabni. Navoiy viloyatida qonun ustuvorligi, ijro intizomi avvaldan şakllangan. Eng asosiysi, aholi köp emas, hozirgi kunda 1,1 mlnga yaqin aholi bor, garçi eng katta viloyat bölsa-da. Lekin har bir hududning öziga yaraşa işlari, aholi talabi köp, ixtisoslaşuvi har xil.
— Kiçkina bolalardan kelajakda kim bölişini söraşsa, prezident, hokim, askar yoki uçuvçi bölaman, deydi. Mana, siz hokimsiz, özi bu bolalar orzu qilsa böladigan lavozim ekanmi, qanday xulosaga keldingiz?
— Men özi şifokor bölişni orzu qilardim, çunki hayotda köp bemor kişilarni körganman. Oilada 6 ta öğil bölganimiz uçun oramizdan kimdir şifokor bölişi kerak ham deb şuni orzu qilardim. Ammo moliya sohasiga qiziqiş ortib, şu sohada iş boşladim. Ilgari bunday emasdi, ammo mana endi ota-onalar: “Bolam sizga öxşagan hokim bölsin”, deb niyat qiladi.
Hokim böliş oson emas. Uning har bir işida öşa hududdagi insonlar taqdiri yotadi. Şuning uçun ham öziga yaraşa qiyinçiliklari bor.
— Navoiyda 11 ta tuman bor, ammo ayol hokimlar yöq. Bunga sabab nimada?
— Heç qanday sabab yöq. Agar hokimlikka munosib ayol nomzod topilsa, biz öz takliflarimizni rahbariyatga kiritamiz.
— Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib turasizmi?
— Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, yangiliklar bilan qiziqmasangiz, ortda qolib ketasiz. Ijtimoiy tarmoqlarga imkon qadar yölda paytim yoki keçki payt, iş vaqtidan taşqarida kiraman.
Kun.uz saytini ham kuzataman. Aytiş kerakki, bu sayt yoş-u qari birdek kuzatadigan sayt, menimça. Tez va real holatni yoritadi, faqat negativ emas, balki pozitiv holatlarni ham yoritib boradi.
— Ijtimoiy tarmoqda hokimlarning ham “çoyxona” guruhlari, sinfdoşlar, döstlar kabi guruhlari bormi? Rasmiy bölmagan, hazil-huzul böladigan guruhlar ham bormi?
— Bizda tuman hokimlarining guruhi bor. Operativ topşiriqlar, eng aççiq-şirin gaplar öşa yerda böladi. Aççiq gap degani bu sökiş degani emas. Insonga mas’uliyatni sezdiradigan, kuçli ta’sir qiluvçi sözlarimiz köp, köproq şunaqa gaplardan işlatişga harakat qilamiz. Sökib gapirsangiz, şunga örganib qoladi. Şu sababli u darajaga bormaslikka harakat qiliş kerak.
Lekin döstlar bilan hazil-huzul qiladigan guruhimiz yöq, töğrisi, vaqt bölmaydi bunga. Ammo bunga ham vaqt ajratiş kerak aslida. Ammo qarindoşlar bilan guruhimiz bor, albatta, oilamiz ham katta. Bir-birimizni qöllab, yangiliklarni aytib, hol-ahvol söraşib turamiz.
Döstlarimiz bilan bayramlarda bir-birimizga tabriklar jönatamiz. Viloyat hokimlari bilan söraşib turamiz, yangilik, tajriba almaşamiz, yangi hokim sifatida maslahatlar sörab turaman ba’zida.
— Asosan uyda ovqatlanasizmi yoki köçada? Va sport bilan ham şuğullanasizmi?
— Imkon qadar uyda ovqatlanaman. Uzoq hududlarga borganda uydan ovqat ham olib çiqamiz, yöl-yölakay ham ovqatlanamiz. Soğliqqa ta’siri bölgani yöq hozirça, ammo soğliqqa ham qaraş kerak.
Sport bilan ham imkon qadar şuğullanişga harakat qilaman. Hududlarga çiqqanimizda, ba’zi obektlarga borganimizda taxminan 10 km atrofida piyoda yurişga ham töğri keladi.
— Navoiy viloyati deganda, qanday oğriqli narsa bor, ya’ni iç-içingizdan amalga oşişini, yeçilişini xohlaydigan narsangiz, muammo?
— Balandparvoz gapga öxşar, ammo har bir rahbar istaganidek, men ham şu yerdagi barça aholini rozi qilişni xohlayman. Eng köp öylab yuradiganim ham şu.
Ekologik muammo paydo bölganini hammamiz köryapmiz, Navoiyning eng oğriqli nuqtalaridan biri bu. Avvallari kimyoviy korxonalar eski texnologiyalarda işlagani sababli atmosferaga zararli çiqindilar çiqişi darajasi yuqori edi, hozir ança kamaygan, korxonalar modernizatsiya qilindi, yangi loyihalar kiritildi va hozir xam bu jarayon davom etmoqda. Har bir korxona atmosferaga çiquvçi çiqindilarni uşlab qoluvçi jihozlar bilan ta’minlanyapti.
— Ijtimoiy tarmoqlarda katta hududlarda ekilgan daraxtlar qurib qolayotgani tasvirlari çiqib qoladi. Bu daraxtlarni nazorat qiliş, qurib qolişining oldini oliş qanday böladi?
— “Yaşil makon” loyihasi birinçi boşlangan paytda juda köp xatoliklarga yöl qöydik, buni tan oliş kerak. Çunki ayni öşa hududlarga mos daraxt ekmadik, suv tizimini örganmadik, tuproqni örganmadik, faqat songa yurdik. Bu yil esa suğoriş tizimi mavjud bölgan yerlarga va şaroitga mos daraxtlar ekdik. Har bir köçatning egasini belgiladik, suv tizimi örnatilmagan yerga köçat ekilmadi.
Şunday bölsa ham, ayrim holatlarda qurib qolişi mumkin, ammo bu tabiiy narsa. Köçatlar nazorat qilinişi uçun elektron platformaga kiritildi. Kim ekkani ham körinib turadi, agar qurib qolsa, örnini qoplaydi, qat’iy nazoratga olingan.
— Yoşi uluğ insonlardan doimiy xabar olib turar ekansiz. Şu xaqida ham gapirsangiz.
— Ha, bu an’ana biz uçun, bayramlar arafasida yoşi uluğ kişilardan xabar olamiz. 100 yoşdan oşgan otaxon-onaxonlarimiz bor. Doimiy xabar olib turamiz, tanib qolişgan özlari.
E’tibor bergan bölsangiz, bizda örtaça umr köriş darajasi kötarildi. Oldin yoşi uluğlar kamroq edi, hozir qaysi mahallaga borsangiz, nuroniylar köp çiqadi. 103-104 yoşda ham tetik yurganlar bor. Ilgari 70-80 yoşda ança quvvati ketib qolgan bölardi kişilarning, hozir 80 yoşli kişilar ham ança bardam-baquvvat.
— Ekstremal va ekoturizm böyiça Navoiy viloyatining potensiali baland. Dubay şahzodasi ham Qizilqum çöllarida ov qilib turadi. Bu esa dunyo miqyosidagi tarğibot uçun yaxşi. Ammo turizm yönalişi böyiça körsatkiçlarda Navoiy viloyati boşqa viloyatlardan pastroq örinda turadi. Bu böyiça ham aniq bir rejalar bormi? Va şu paytgaça unçalik rivojlanmaganiga sabab nimada deb öylaysiz?
— Eng asosiy sababi – yetarliça tarğib qilinmagani, Navoiy viloyatining imkoniyatlari körsatib berilmagani. Bu borada köp öyladik, bir qança mutaxassislar bilan gaplaşdik. Investorlardan ham fikrlarini söradik. Har bir sayyoh uçun birinçi navbatda infratuzilma, ularga şaroit yaratiş muhim.
Bugungi yangi yaratilgan imkoniyat: Qizilqum sahrosi – YuNeSKOning Ipak Yöli koridoridagi 5 ta madaniy meros obektlari röyxatiga kiritildi. Bundan taşqari, Nurotadagi Sentob qişloği eng yaxşi turizm qişloği deb e’lon qilindi. Bu qişloqqa nafaqat mahalliy sayyohlar, balki çet ellik sayyohlar ham (ayniqsa Germaniya, Fransiya) katta qiziqiş bildirişmoqda. Bu joyning tabiati, gözalligi va har bir sayyoh uçun munosib şaroitlar yaratilganini e’tirof etiş kerak.
— Köpçilik davlat xizmatçilarini majlislar çarçatib köyadi. Navoiy viloyati hokimligida majlisbozliklar qançalik kam deb hisoblaysiz?
— Qariyb 28 yildan beri davlat taşkilotlarida işlab kelyapman, oldingi faoliyatim ham hokimliklar bilan boğliq edi. Ilgari rostdan ham juda köp yiğilişlar bölgan, bugungi kunda bu yiğilişlar keskin kamaygan. Navoiy viloyati haqida gapirsak. Bizda 1 haftada 1 marta yiğiliş böladi (“hokim soati” deymiz), unda haftalik qilingan işlarni sarhisob qilib, qilinişi kerak bölgan işlarni gaplaşib olamiz.
Asosiy yiğilişlar, muhokamalar joylarda böladi, qaysi soha, qaysi tarmoq bölişidan qat’i nazar, öşa joyida muhokama qilinadi. Umuman, Navoiy viloyatida yiğilişlar deyarli bölmaydi, köp yiğilişlarni qöllab-quvvatlamaymiz. Çunki köp yiğiliş qilişdan köra joyida köproq işlagan yaxşi.
— “Boşliqlar keçikmaydi, uşlanib qoladi” degan hazil gap bor xalq orasida. Siz ham keçikib turasizmi yoki uşlanib qolasizmi?
— Rahbar odam birinçi navbatda özi xodimlarga namuna bölişi kerak. Işiga vaqtida kelib, iş vaqtini töğri taqsimlab, belgilangan vazifalarini töliq amalga oşiriş kerak böladi. Hokim sifatida ham, oldingi iş joyimda ham iş 09:00 da boşlanadigan bölsa, men soat sakkizda yoki yetti yarimda işga kelganman. Iş boşlangunça özimning rejalarimni tuzib, amalga oşiriladigan işlarni sarhisob qilib olaman. Işdan ketişda ham barça xodimlarni kuzatib, keyin uyga ketaman.
Rahbardan keyin uyga ketaman deb ötiriş juda notöğri narsa. Öz vaqtida işini qilib, uyiga ketiş kerak. Vaqtida işlaş, vaqtida dam oliş kerak. Xodimlar uçun şunday şaroit yaratilgan bizda. Dam oliş, bayram kunlari ham oilasi bilan böliş uçun şaroit yaratib berilgan. Har bir inson oilasi, farzandlari bilan bölişga vaqt topişi lozim.
— Çekka tumanlardagi siz körgan va sizga körsatilgan holat qançalik reallikka yaqin ekan?
— 2 yil içida eng çekka hududlarga borişga harakat qildik, çunki u yerdagi muammolar yetib kelmagan bölişi mumkin. Işni ham çekka hududlardan boşlaganmiz. U yerda ham muammolar yiğilib qolgan, bormasa bölmaydigan holatda bölgan.
— Uzoq yil soliq tizimi sohasida işlagan inson sifatida hokimlikka kelib nimalarni özlaştiriş sizga murakkablik tuğdirdi?
— Uzoq vaqt Toşkent şahrida yaşaganim, qişloq xöjaligi sohasidan yaxşi xabardor bölmaganim uçun şu borada ozroq murakkablik paydo böldi. Ammo imkon qadar bu sohaning içiga kirişga ham harakat qilyapmiz.
— Uyga bozorlikni kim qiladi, oxirgi marta qaçon bozorlik qilgansiz?
— Ilgari rözğorga bozorlikni özim qilardim, albatta. Hozir farzandlarim voyaga yetgan, öğlim bilan turmuş örtoğim bozor qiladi asosan.
— Orttirilgan mablağlar haqida ham gaplaşsak. Hozirda hokimlik hisobida qança mablağ bor? Va bu mablağlar asosan nimalarga işlatiladi?
— Mahalliy budjet har çorakda belgilanadi, kamida 60 mlrd söm hokimlik hisobida qoladi. Tadbirkorlik köpaysa, soliqlar köpaysa, budjet mablağlari ham oşadi.
Bu pullar yöllarga, suv ötkazişga, hozirgi paytda qişga tayyorgarlik uçun işlatilyapti. Soğliqni saqlaş sohasi, maktablar uçun ham işlatiladi.
— Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda hokimliklarning xizmat maşinalari narxi çiqdi va keskin muhokamalarga sabab böldi. Sizning xizmat maşinangiz ham bu röyxatda 100 ming dollar narx bilan 6-örinda turgandi. Keling, şu masalaga ham oydinlik kiritib ketsak.
— Rostdan ham ança muhokamalar böldi. Minib yurgan maşinam narxini men ham öşa ijtimoiy tarmoqda kördim, töğrisi, bilmas edim. Çunki bu maşina men hokim bölişimdan oldin olingan. Aynan mening faoliyatim davomida hali xizmat maşinasi olingani yöq.
— Xizmat xonangizda kresloda ötirmas ekansiz, buning sababi nimada, soğliq bilan boğliqmi yoki qandaydir prinsipmi?
— Rahbarlik lavozimlarida işlab kelayotgan davrimdan beri deyarli kresloda ötirmaganman, özimning xodimlarga ham unçalik tavsiya qilmayman. Çunki oddiy stul rahbar va xodimni bir xilda uşlab turadi darajani. Eng asosiysi, menga işlaş uçun stul kreslodan qulayroq.
— Hali heç qayerda e’lon qilinmagan, navoiyliklarni xursand qiladigan 3 ta yangilik sanab bersangiz. Va yana 3 ta yeçimini kutayotgan muammo borasidagi rejalaringiz?
— Navoiy viloyatidagi ekologik muammoni yeçiş maqsadida Navoiy şahri markazidan uzoq bölmagan 50 gektar maydonda Yangi Özbekiston boğini yaratiş rejalaştirilyapti. Bu boğda yaşil hudud yaratiş rejalaştirilgan.
Ikkinçi yangilik esa Navoiy pedagogika instituti negizida kampus yaratmoqçimiz. Bu ham navoiylik yoşlar uçun munosib joy böladi deb öylayman.
Uçinçi yangilik esa yöllardagi tirbandlik böyiça. Tirbandlikni raqamlaştiriş, sun’iy intellekt bilan işlaşni boşlaganmiz. Bu aqlli çorraha loyihasining birinçi qismi tugatilib, taqdimot qilindi va qayta işlaşga berildi. Tez kunda aqlli çorrahalar işga tuşadi. Bu loyihalarni aynan navoiylik yoşlar amalga oşiryapti.
Yeçimi kutilayotgan muammolarga töxtalsak. Eng çekka hududlarda ham yöllarni ta’mirlaş, tuproq yöllarni şağallaştiriş, Navoiy viloyatida 2024 yilda töliq tuproq yöllardan çiqiş kutilmoqda.
Bundan taşqari, eng olis hududlarni ham markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlaş rejalaştirilgan. 2024 yilda Navoiy şahrida jamoat transportlarini rivojlantiriş maqsadida 50 ga yaqin yangi avtobuslar xarid qiliş rejalari tuzilgan.