BMT Rossiyani Navalniyning qayerdaligini ochiqlashga chaqirdi
Rossiya rasmiylari Aleksey Navalniy qayerda va qanday ahvolda ekanligi haqida zudlik bilan xabar berishi kerak, dedi BMTning Rossiyadagi inson huquqlari ahvoli bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Mariana Katsarova.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Rossiyani qamoq jazosini o‘tayotgan, 6 dekabrdan beri aloqaga chiqmagan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning qayerdaligi va sog‘lig‘i haqida ma’lumot berishga chaqirdi. «Rossiya hukumati Aleksey Navalniyning qayerda ekanligi va sog‘lig‘i haqida uzoq vaqt davomida xabar bermaganidan juda xavotirdaman», - deydi BMTning RFdagi inson huquqlari vaziyati bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Mariana Katsarova.
U koloniyada uzoq vaqt davomida Navalniyga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lingani va u 2021 yil 17 yanvardan beri tegishli tibbiy yordamdan foydalana olmagani, natijada sog‘lig‘i yomonlashgani va hayotiga katta xavf tug‘ilganiga ishora qildi.
BMT Navalniyni tashqi dunyo bilan aloqadan uzishga urinishlar haqida ma’lum qildi
Shu bilan birga, Katsarova oktyabr oyida Navalniyning uch nafar advokati «ekstremizm»da ayblanib hibsga olingani haqida gapirdi. «Advokatlarni hibsga olish orqali Rossiya rasmiylari Navalniyni tashqi dunyo bilan aloqadan, shuningdek, himoya huquqidan mahrum qilmoqchi», - dedi u. Bundan tashqari, Katsarova so‘zlariga ko‘ra, Navalniyning advokatlari hibsga olinishi Rossiyada inson huquqlari sohasida ishlaydigan va dissidentlar manfaatlarini himoya qiluvchi advokatlarning muntazam ravishda ta’qib qilinishi, shuningdek, siyosiy motivli ishlarda «ekstremizm» ayblovini qo‘llash xavfining namunasidir».
«Rossiya hukumatini inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilishga chaqiraman. «Ekstremizm» atamasi xalqaro huquqda hech qanday asosga ega emas va uni jinoiy ta’qib qilishda qo‘llash qoralashga arziydigan inson huquqlarining buzilishi hisoblanadi», - dedi BMT maxsus ma’ruzachisi. Shuningdek, u Navalniy va o‘zboshimchalik bilan hibsga olinganlarning barchasini zudlik bilan ozod qilishga, ularga huquqiy himoya va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga muvofiq yetkazilgan barcha zarar uchun tovon to‘lashga chaqirdi.
Navalniy bilan 13 kundan beri aloqa yo‘q
Navalniy jamoasi uning g‘oyib bo‘lgani haqida dekabr oyi boshida xabar bergan edi. 5 dekabrdan beri siyosatchi bilan hech qanday aloqa yo‘q. Vladimir viloyatidagi 6-sonli axloq tuzatish koloniyasi (IK-6) xodimlari Navalniy «endi u yerda ro‘yxatda yo‘qligini» ma’lum qilgan. Uning hozir qayerda ekanligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Muxolifatchi siyosatchining tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlarda #GdeNavalnyy heshtegini yo‘lga qo‘yishdi va uning qayerda ekanligi haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilishdi. Yevropa Ittifoqi va AQSh Rossiyani u haqida zudlik bilan ma’lumot berishga chaqirmoqda. «U zudlik bilan ozod etilishi kerak. Bundan tashqari, u qamoqqa tushmasligi kerak edi», - dedi Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi.
15 dekabr kuni Federal jazoni ijro etish xizmati Navalniyning boshqa koloniyaga o‘tkazilgani haqida e’lon qildi, 18 dekabr kuni Navalniyning koloniyadagi saqlash sharoitlari haqidagi da’volarini ko‘rib chiqayotgan sudlar uning qayerdaligi aniqlanmaguncha bu jarayonlarni to‘xtatib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:27 / 14.11.2024
O‘zbekistondagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist qonida is gazi izlari topildi – OAV
15:42 / 14.11.2024
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024