Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH kinofilmlarining oltin to‘plamiga O‘zbekistonning o‘nta filmi kiritildi
Filmlar orasida «Shum bola», «Mahallada duv-duv gap», «O‘tgan kunlar» kabi xalq sevgan shedevrlar bor.
MDH filmlarining oltin to‘plamiga O‘zbekiston kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan 10 ta asar kiritildi.
Loyiha MDH a’zo davlatlarining Madaniy hamkorlik kengashi ko‘magida 1995 yilda kinematografiya sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida yaratilgan.
Maqsad – zamonaviy tomoshabinlarni Hamdo‘stlik mamlakatlari milliy kino san’ati klassikasi bilan tanishtirish, jumladan, kinofestivallar va boshqa tadbirlar orqali.
«Oltin to‘plam»dan 89 ta film joy olgan: Ozarboyjon (10 ta), Armaniston (8), Belarus (15), Qozog‘iston (6), Qirg‘iziston (10), Rossiya (20), Tojikiston (10) va O‘zbekiston (10).
«Oltin to‘plam»ga kiritilgan O‘zbekistonning o‘nta filmi:
- Tohir va Zuxra (1945 y.);
- Alisher Navoiy (1947 y.);
- Mahallada duv-duv gap (1960 y.);
- Sen yetim emassan (1962 y.);
- Nozikoyim (1967 y.);
- O‘tgan kunlar (1969 y.);
- Qushlar ortidan ketgan odam (1975 y.);
- Achchiq danak (1975 y.);
- Shum bola (1976 y.);
- Alibobo va qirq qaroqchi (1980 y.).
Mavzuga oid
10:30 / 29.06.2026
Endi kino sohasidagi tadbirkorlar xavf darajasi bo‘yicha baholanadi
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
23:03 / 02.06.2026
Saida Mirziyoyeva madaniyat va san’at sohasi rivoji uchun mo‘ljallangan farmonni olqishladi
22:46 / 02.06.2026