Rossiya liberal-demokratlari prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsatdi
Leonid Slutskiy prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi.
Rossiya liberal-demokratik partiyasi (RLDP) yetakchisi Leonid Slutskiy prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun nomzod sifatida ilgari surildi. Bunday qaror partiya s’yezdida qabul qilindi.
Yashirin ovoz berish jarayonida Slutskiyni delegatlarning aksariyati – 106 kishi qo‘llab-quvvatladi. Nomzodning o‘zi yaqin bir necha kun ichida Markaziy saylov komissiyasiga kerakli hujjatlarni taqdim etishini aytdi. Amaldagi prezident Vladimir Putin o‘z hujjatlarini sayov komissiyasiga bir kun avval topshirgan edi.
Leonid Eduardovich Slutskiy 1968 yilda Moskvada tug‘ilgan, iqtisodiyot fanlari doktori. 2022 yil may oyida Vladimir Jirinovskiy vafotidan keyin Rossiya liberal-demokratik partiyasining raisi etib saylangan.
Rossiyada prezidentlik saylovi ilk bor uch kun 2024 yil 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:27 / 14.11.2024
O‘zbekistondagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist qonida is gazi izlari topildi – OAV
15:42 / 14.11.2024
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024