Rossiyaning SWIFT xalqaro tölov tizimidan uzilişi Rossiya moliya sektori uçun haligaça hal etilmagan muammo bölib qolmoqda, dedi Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina RBK’ga bergan intervyusida. Nabiullinaning Ukraina uruşi boşlanganidan beri deyarli ikki yil içida bergan birinçi intervyusi naşr saytida 25 dekabr, duşanba kuni çop etildi.
Rossiya banki rahbarining sözlariga köra, regulyator Ukraina uruşi boşlanganidan keyin Ğarb davlatlari tomonidan Moskvaga nisbatan qöyilgan ayrim çeklovlarga tayyor edi. U buni Markaziy bank 2014 yildan, Qrimdagi voqealar ortidan xalqaro bosimga duç kelganidan beri sanksiyalarni kuçaytiriş xavfini baholagani bilan izohladi. Şunga qaramay, ba’zi yangi çeklovlar moliya sektori uçun Rossiya Federatsiyasi haligaça hal qila olmagan muammolarni keltirib çiqardi.
Nabiullinaga köra, ulardan birinçisi - Rossiyaning SWIFT’dan uzilişi. Garçi bu tahdid 2014 yildan beri mavjud bölib, Rossiya Federatsiyasi unga qarşi milliy tölov infratuzilmasini qurgan bölsa-da, muammo aynan transçegaraviy ötkazmalarning mumkin emasligida böldi. «Ha, zanjirlar qurilmoqda, ular doimo özgarib turadi, ammo bu hali ham köplab korxonalar uçun muammo bölib qolmoqda», - deb iqtibos keltiradi RBK Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki rahbaridan.
Rossiya banki va rossiyalik investorlarning zaxiralari muzlatilişi - oğriqli mavzu
Nabiullinaning sözlariga köra, Rossiya Markaziy bankining xorijdagi zaxiralarini muzlatiş «barça markaziy banklar uçun juda salbiy signalga aylandi, çunki bu zaxira xavfsizligining asosiy tamoyillarini buzişdir». Rossiya sanksiyalarning salbiy oqibatlarini 2022 yil bahorida qabul qilingan maxsus valuta kursi va valutani sotiş çeklovlari yordamida kamaytirişga muvaffaq böldi.
«Juda oğriqli mavzu jismoniy şaxslarning aktivlarini bloklaş va muzlatiş böldi - sanksiyalarga duçor bölmagan, ammo aktivlari muzlatib qöyilgan millionlab odamlar», - deya qöşimça qildi Nabiullina.
Uning ta’kidlaşiça, Rossiya sanksiyalar bosimi kuçaytirilişiga tayyor bölişi kerak, hatto «yil juda yaxşi bosib ötildi va endi heç narsadan qörqiş yöq», deb öylaş mumkin bölsa ham.
Bundan taşqari, sönggi haftalarda Ğarb mamlakatlarida Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlarini musodara qiliş haqidagi munozaralar kuçaygan. Xususan, Germaniya Moskva birjasiga tegişli 720 million yevroni musodara qiliş imkoniyatini örganmoqda. Amerika Qöşma Ştatlari va uning ittifoqçilari Rossiya aktivlariga nisbatan xuddi şunday harakatlarni muhokama qilmoqda, deb yozadi The New York Times. Gap Ukrainaga harbiy yordamga sarflanişi rejalaştirilgan 300 milliard dollardan ortiq mablağ haqida ketmoqda.
Yevroittifoq yanvardan boşlab Rossiyadan olmos importini taqiqlaydi
Dekabr oyi boşida YeI davlatlari Rossiya Federatsiyasiga qarşi «Ukrainada uruş olib boriş qobiliyatini yanada zaiflaştiriş» uçun möljallangan 12-sanksiya paketini qabul qiliş töğrisida kelişib oldi.
Yangi çeklovçi çoralar qatoriga 1 yanvardan boşlab Rossiya Federatsiyasidan olmos importini bosqiçma-bosqiç taqiqlaş, şuningdek, Yevropa kompaniyalaridan Rossiya neftiga nisbatan Ğarb davlatlari tomonidan joriy etilgan «narx çegarasi»ga rioya qilişi töğrisida dalillar taqdim etiş talabi kiradi.
Rossiyaning «Interfaks» axborot agentligi ma’lumotlariga köra, Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasi uçun olmos savdosining asosiy bozori bölgan. Rossiya uçun olmos eksportidan olingan daromadning umumiy hisobi yiliga 4 milliard yevroni taşkil etgan, birgina Belgiyaning özi ularni Rossiyadan 1,8 milliard yevroga sotib oldi.












