Jahon | 22:32 / 28.12.2023
14198
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Xitoy rahbariga Ukrainadagi urush besh yil davom etishini aytdi - OAV 

Si Jinping uning so‘zlariga ishongan bo‘lishi dargumonligi ta’kidlanmoqda. 

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy raisi Si Jinping bilan 2023 yil mart oyida uchrashganida Ukraina bilan kamida besh yil urush qilishini aytdi. Bu haqda Yaponiyaning Nikkei gazetasi o‘z manbalariga tayanib yozdi. 

Nashrning yozishicha, Putin o‘sha paytda yuzaga kelgan vaziyatni shu tariqa sarhisob qilgan va Si Jinpingni Rossiya yakunda g‘alaba qozonishiga ishontirishga uringan. Nikkei taxminiga ko‘ra, Rossiya prezidenti uzoq davom etadigan urush yaxshi qurollangan hamkori Xitoy uchun foyda keltirishiga ishora qilgan va Si rossiyaparast pozitsiyasini o‘zgartirmasligidan umidvor bo‘lgan. 

Nashrning ta’kidlashicha, Si Putinning so‘zlariga ishongan bo‘lishi dargumon, ammo bu so‘zlar Pekinni sergak torttirgan. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi Pekindagi Qishki Olimpiada o‘yinlari yakunlanganidan atigi to‘rt kun o‘tib boshlangan edi va bu Xitoyda «vahima uyg‘otdi». Chunki Si ma’muriyati keng ko‘lamli harbiy harakatlarni kutmagan edi. Shunday qilib, Xitoy, bir yil o‘tib, Putinning mojaro yana besh yil davom etishi haqidagi bayonotiga «shunchaki to‘liq ishona olmasdi», deb yozdi Nikkei.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid