Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Anhor kanali bo‘yidagi daraxtlar kesilayotgani yuzasidan ma’lumot berildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Anhor kanali bo‘yidagi daraxtlar kesilayotgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Markaziy maydonlarni obodonlashtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘limi tomonidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga poytaxtdagi aholi gavjum joylardan biri bo‘lgan Anhor kanali bo‘yida terak va chinor daraxti egilib, avariya holatiga kelib qolgani to‘g‘risida ariza kelib tushgan.
Ushbu ariza Yunusobod tumani ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi mas’ullaridan iborat ishchi guruhi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilganda, mazkur daraxt haqiqatdan ham fuqarolarning salomatligi va mol-mulkiga jiddiy xavf solish ehtimoli baland bo‘lgani aniqlangan va kesish uchun tegishli xulosa taqdim etilgan.
Mavzuga oid
20:35 / 08.09.2025
Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etish yana kechiktirildi
21:07 / 28.08.2025
Avtomobillar rangi shahardagi havo haroratini oshirishi mumkin – tadqiqot
20:07 / 23.08.2025
Jizzaxda ikki tup archani ildizi bilan sug‘urib olgan shaxsga qariyb 16 mln so‘m jarima solindi
09:52 / 21.08.2025