Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilalarda indikatorlar asosida zo‘ravonlikni erta aniqlash diagnostikasi ishlab chiqildi
"Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oilalarda indikatorlar asosida zo‘ravonlikni erta aniqlash diagnostikasi ishlab chiqildi. Bu haqda "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva ma’lum qildi.
Foto: Depositphotos
Qayd etilishicha, xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha milliy dasturda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, “Farovon oila — kelajak poydevori” mavzusi doirasida 20 ta amaliy va 2 ta innovatsion loyiha amaliyotga tatbiq etildi.
Oilalarning baxtlilik darajasi 8 ta indikator va 21 ta subindikatordan tashkil topgan integral indeks vositasida baholandi hamda respublikaning 14 ta hududiy birligida 3 054 ta oilaga tatbiq etildi.
Oilalarda indikatorlar asosida zo‘ravonlikni erta aniqlash diagnostikasi ishlab chiqildi.
Oilada bolalarning kreativlik qobiliyatini rivojlantirishni diagnostika qilish metodikasi va psixologik trening dasturi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasida oilalar demografik rivojlanishining qisqa va o‘rta muddatli demografik prognozlari ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
15:43 / 27.12.2025
“Davlat ta’minotidagi oila”lar uchun ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi
15:26 / 27.12.2025
Yagona milliy ijtimoiy himoya: oilalar 3 toifaga ajratiladi
13:34 / 26.12.2025
Prezident: ayolni muammosi bilan yolg‘iz qoldirishga hech kimning haqqi yo‘q
19:51 / 24.12.2025