Jahon | 14:43 / 03.01.2024
14611
6 daqiqa o‘qiladi

Ukraina o‘qqa tutilishi oqibatlari va Maryinka atrofida qolayotgan artilleriyachilar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 678-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba yo‘lladi. Kiyev va Xarkivda turar joylar shikastlangan.
  • Hujum oqibatida, Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lib, 130 kishi yaralangan.
  • Ukraina QK mamlakat hududlari bo‘ylab uchirilgan 35 dronning barchasi va 99 raketadan 72 tasi urib tushirilganini ma’lum qilgan.
  • Rossiyaning Belgorod shahri esa kun davomida uch marta raketa zarbasiga uchradi. Bir kishi halok bo‘lib, yetti kishi yaralangan.
  • Rossiyaning Voronej oblastidagi rossiyaliklar raketasi qulagan va kamida yettita uy shikastlangan. RF mudofaa vazirligi Rossiya samolyotidan o‘q-dori «avariyaviy tushib ketishi» holati ro‘y berganini ma’lum qilgan.
  • «Novaya gazeta Yevropa» Peterburgda politsiya urushga «ko‘ngillilar» yig‘ish uchun minglab migrantlarni qo‘lga olgani haqida xabar berdi.

Kiyev va Xarkiv 2 yanvar kuni o‘qqa tutilishi oqibatlari

2 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya Kiyev shahri, Kiyev oblasti va Xarkiv bo‘ylab raketalar hamda dronlar bilan yopirilma zarbalar yo‘lladi. Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning bayonotiga ko‘ra, jami 99 ta raketa yo‘llangan: havodan uchiriluvchi X-101/X-555/X-55 rusumli qanotli raketalardan kamida 70 ta, X-47M2 «Kinjal» rusumli aeroballistik raketalardan o‘nta, «Kalibr» raketalari, ballistik raketalar, shuningdek X-31P rusumli radiolokatsiyaga qarshi raketalar. Raketalardan tashqari, 35 dona Shahed dronlari bilan zarba berilgan.

Zalujniyning so‘zlariga ko‘ra, ukrain havo hujumidan mudofaa kuchlari uchirilgan 99 raketadan 72 tasini va barcha uchuvchisiz uchish qurilmalarini urib tushirgan. Havodagi nishonlar parchalari Kiyevning Desnyansk, Pechersk, Obolon va boshqa rayonlariga qulagan. Hujum oqibatida, Ukraina rasmiylariga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lib, 130 kishi yaralangan. Havo zarbalari almashinuvi 29 dekabrdan jadallashdi, o‘shanda Rossiya Ukraina hududi bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘llagan, natijada kamida 30 kishi halok bo‘lib, 160 kishi jarohatlangandi. Keyingi kuni esa Ukraina QK Belgorod bo‘ylab zarba yo‘lladi, buning oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Ikki tomondan havo zarbalari yo‘llanishi keyingi kunlarda ham davom ettirildi.

Kiyevning Podolsk rayoniga raketa kelib tushishidan chiqqan yong‘inni o‘chirishga urinayotgan o‘t o‘chiruvchi.
Eugen Kotenko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Kiyev bo‘ylab raketa zarbasidan keyin shahar uzra ko‘tarilgan tutun.
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Kiyevning Solomensk rayonidagi ko‘p kvartirali uylardan biri havo zarbasiga uchrashi oqibatlari. Bu yerda 43 kishi jarohatlangan, shundan 37 nafari shifoxonaga yotqizilgan, yana bir ayol vafot etgan.
Eugen Kotenko / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Kiyev markazi o‘qqa tutilishi oqibatida yaralangan kishini evakuatsiya qilayotgan tibbiyot xodimlari va o‘t o‘chiruvchilar.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi avtodilerlik markazi yaqinida yong‘in chiqqan hududda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevning Podolsk rayonida gaz quvuriga raketa parchasi tushishi oqibatida yong‘in chiqqan joydan avtomobillarni olib ketishga urinayotgan kishilar.
Eugen Kotenko / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Kiyevning zarbalardan eng jiddiy zararlangan Solomensk rayonidagi ko‘p kvartirali uy hovlisida shikastlangan avtomobillar.
Eugen Kotenko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Kiyevning Solomensk rayonida yakson bo‘lgan kvartirasidan zarur hujjatlarini qidirayotgan kishi. Fotosurat zarba oqibatida eng jiddiy zarar ko‘rgan ikki uydan birida olingan.
Nicolas Cleuet / Le Pictorium Agency / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Xarkiv aholisi vakillari Rossiya tomonidan berilgan havo zarbalaridan keyin hududni tark etmoqda.
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivda raketa zarbasidan keyin hosil bo‘lgan o‘ra.
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Raketa zarbasidan jarohatlangan xarkivlik yigit o‘zining yakson bo‘lgan avtomobiliga qaramoqda.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Maryinka hududidagi ukrain artilleriyachilari

Maryinka — Donetsk oblastining Pokrovsk rayonida joylashgan, Donetsk aglomeratsiyasi tarkibida bo‘lgan va hozirga kelib butkul vayronaga aylangan shahardir. Rossiya bosqini boshlanganida u Ukraina qurolli kuchlari uchun Donbassdagi muhim istehkomlardan sanalardi. 2022 yil 24 fevralidan buyon RF qurolli kuchlarining mazkur hududdagi sezilarli ilgarilashi 2023 yil noyabriga kelib kuzatildi va keyin 2023 yil fevraliga kelib ruslar ushbu shahar markaziga kirib keldi. Ammo ko‘p oylik og‘ir janglardan keyin ham rossiyalik harbiylar shaharning ma’muriy chegaralariga chiqa olishmagan.

Ukraina QK 55-alohida artilleriya brigadasi artilleriyachisi Maryinka yaqinidagi pozitsiyada 155-mm kalibrli snaryadlarni ko‘zdan kechirmoqda.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK 55-alohida artilleriya brigadasi jangchisi Amerikaning M777 gaubitsasidan rossiyaliklarning Maryinka atrofidagi pozitsiyasini nishonga olmoqda.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik artilleriyachilar M777 gaubitsasidan rossiyaliklar pozitsiyasiga o‘t ochishga tayyorlanmoqda.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid