Qirg‘izistonda «Vagner» jangchisi qamoq jazosiga hukm qilindi
27 yoshli qirg‘izistonlik Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Qirg‘izistonning Norin viloyat sudi Qirg‘iziston fuqarosi Beknazar Borugul o‘g‘lini «Vagner» XHK tarkibida Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. 7 dekabr kuni shunday qaror qabul qilingani 4 yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan sudda ma’lum qilindi. Norin viloyatida yashovchi 27 yoshli fuqaro 2023 yil avgust oyida Qirg‘izistonga qaytganidan uch hafta o‘tib qo‘lga olingan.
Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu shaxsga nisbatan «Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosining xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy amaliyotlarda ishtirok etishi yoki terrorchilik harakati sodir etish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishi» moddasi bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Qirg‘izistonda Ukrainadagi urushda qatnashish bo‘yicha ikkinchi jinoiy ish
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada qamoq jazosini o‘tayotgan mahbuslarni ommaviy yollash chog‘ida Qirg‘iziston fuqarosi 2022 yil 1 noyabrda xususiy harbiy kompaniyaga a’zo bo‘lgan. U «Semiglavyy» chaqiruv belgisini oldi va «Vagner» XHKning bir qator medallari, shu jumladan Baxmut egallangani uchun, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti - «Jasorat uchun» medali bilan taqdirlandi.
Qirg‘izistonda Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etish yuzasidan ikkinchi marta jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda. 2023 yilning may oyida 31 yoshli Asqar Qubanichbek o‘g‘li 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, biroq Oliy sud avvalgi instansiyalar qarorlarini bekor qilib, ishni tuman sudiga yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborgan.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024