Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Orolni qutqarish xalqaro fondiga rahbarlik qila boshladi
Mamlakat raisligi 3 yil davom etadi.
Qozog‘iston bu yildan Orolni qutqarish xalqaro fondiga rahbarlik qiladi, deb xabar berdi Tengrinews.
Mamlakat raisligi uch yil davom etadi va Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham shu muddatga fond prezidenti bo‘ladi.
Fond Orol dengizini qutqarish va umuman mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan dasturlarni amalga oshiradi. Tashkilotga Qozog‘istondan tashqari Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.
Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitovning ma’lum qilishicha, Jahon banki bilan birgalikda Shimoliy Orol dengizini saqlab qolish loyihasining ikkinchi bosqichini boshlash rejalashtirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vazifani fondda ishtirok etuvchi barcha mamlakatlar sa’y-harakatlari birlashgandagina amalga oshirish mumkin.
Mavzuga oid
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:21 / 22.06.2026