Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim mahsulotlarni saqlashda xavfsizlik xulosasisiz ishlaganlik uchun jarima belgilanadi
“Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ular:
- ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ro‘yxatiga “Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obektning (omborning) yong‘in va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa” qo‘shilmoqda;
- “Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obektning (omborning) yong‘in va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa”siz faoliyatni (harakatni) amalga oshirganlik yoki mazkur xulosani qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun jarimalar miqdori belgilanmoqda;
- foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmaganda, litsenziya berishni rad etish mumkin emasligini belgilovchi norma chiqarib tashlanmoqda.
Mavzuga oid
14:38 / 22.06.2026
Liftlar xavfsizligi bo‘yicha yangi nizom qabul qilindi
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
09:10 / 19.05.2026