Jahon | 15:51 / 08.01.2024
4873
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Maskning top-menejyerlari uning giyohvand moddalar iste’mol qilishidan xavotirda

Tadbirkor SpaceX hukumat shartnomalari, o‘n minglab ish o‘rinlari va investorlarning trillion dollarlik aktivlarini xavf ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan turli giyohvand moddalarni iste’mol qilyapti, deb yozadi WSJ.

Foto: Antonio Masiello/Getty Images

Tesla va SpaceX top-menejyerlari ushbu firmalar bosh direktori Ilon Mask giyohvand moddalarni iste’mol qilayotganidan xavotirda. Bu haqda 6 yanvar kuni The Wall Street Journal (WSJ) tadbirkor va uning kompaniyalari bilan tanish bo‘lgan ismi oshkor etilmagan suhbatdoshlariga tayanib xabar berdi

Taqiqlangan moddalardan foydalanish SpaceX kompaniyasining hukumat bilan milliardlab dollarlik shartnomalarini xavf ostiga qo‘yishi mumkin, deya ta’kidlaydi WSJ. Ushbu kompaniya xizmatlaridan AQSh Milliy aeronavtika va koinot tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NASA) bir necha bor foydalangan.

Mask WSJ so‘rovlariga javob bermadi. Uning advokati Aleks Spiro ta’kidlashicha, tadbirkor «SpaceX’da muntazam va tasodifiy ravishda giyohvand moddalar bo‘yicha testdan o‘tkaziladi va hech qachon test yomon natija bermagan». 

Investorlarning trillion dollarlik aktivlari xavf ostida 

Mask o‘z kompaniyalarining «qiymati bo‘yicha ajralmas qism», shuning uchun uning xatti-harakati potensial ravishda investorlarning taxminan bir trillion dollarlik aktivlari, o‘n minglab ish o‘rinlari va Qo‘shma Shtatlar kosmik dasturining katta qismini xavf ostiga qo‘yadi, deya xabar beradi gazeta. 

Sayyoradagi eng boy odam LSD, kokain, ekstazi va gallyutsinogenlarni shaxsiy bazmlarda iste’mol qiladi, bazm ishtirokchilari tadbirga kirishdan oldin ma’lumotni oshkor qilmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolaydi yoki telefonlarini topshiradi, deya tushuntirgan gazeta manbalari. 2018 yil sentabr oyida Ilon Mask jonli efirdagi videopodkast paytida marixuana iste’mol qilgan, bu esa jamoatchilikning katta noroziligiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, tadbirkor ketaminni go‘yoki tibbiy maqsadlarda ishlatishini aytgan. 

Mavzuga oid